Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.  
So‘nggi yillarda yurtimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
faoliyatida qonuniylikni ta’minlash borasida jiddiy ishlar amalga oshirildi. 
Birinchi navbatda, prokuratura faoliyatini isloh qilish, uni sobiq tuzum 
davrida bo‘lganidek partiyaviy elita qo‘lidagi jazolash quroli emas, balki 
qonunlarning qat’iy ijro etilishini, mamlakatimizda demokratik 
islohotlarning izchil rivojlanishini, inson huquq va erkinliklarining 
ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan organga aylantirish bo‘yicha 
salmoqli ishlar qilindi.
Masalan, 2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura 
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obyektlari 
qatoridan chiqarildi. Ayni paytda prokuraturaning inson huquq va 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
35
erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun 
mas’uliyati oshirildi.
Shuningdek, sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi 
prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar 
prokurorlarining esa tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash 
muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.  
Bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning 
butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, 
inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo‘yicha oldimizda turgan keng 
ko‘lamli vazifalar sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalasini 
kun tartibiga qo‘yayotganini biz o‘zimizga albatta yaxshi tasavvur etamiz.
Bu boradagi vazifalarni samarali hal qilish maqsadida quyidagi 
tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshirish taklif etiladi.
Birinchi. Bundan o‘n yil oldin qabul qilingan amaldagi “Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni qabul 
qilishni bugun hayotning o‘zi talab qilmoqda. Ya’ni, o‘tgan davrda qonun 
ijodkorligi jarayoni kengaygani va murakkablashgani, normativ-huquqiy 
hujjatlarning asoslanganiga va sifatiga nisbatan talablar sezilarli darajada 
oshgani bu sohada qonuniylikni ta’minlashning yangi va yanada samarali 
mexanizmlarini yaratishni, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy 
hujjatlarning qonunlarga, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar 
ehtiyojlariga mos bo‘lishini taqozo etmoqda.
Ikkinchi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
29- va 31-boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi. Bu 
o‘rinda sudga qadar ish yurituv bosqichida qo‘llanadigan choralar, ya’ni 
lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish 
tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning sanksiyasi 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling