Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


partiyalarning o‘ta faol ishtirokida, saylov jarayoniga markaziy va mahalliy


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf


partiyalarning o‘ta faol ishtirokida, saylov jarayoniga markaziy va mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining aralashuviga yo‘l qo‘ymasdan 
o‘tkazilishini ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynadi.
Bizning qonunchiligimizda saylov kampaniyasining biron-bir 
ishtirokchisi uchun qandaydir alohida imtiyoz va preferensiyalar 
berilmasligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qoidalariga muvofiq, Prezident saylovi, parlament va davlat hokimiyati 
vakillik organlariga saylov hozirgi vaqtda qonun bilan belgilangan yagona 
kunda – ularning konstitutsiyaviy vakolatlari muddati tugaydigan yilning 
dekabr oyi uchinchi o‘n kunligidagi birinchi yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Aytish kerakki, bizning saylov tizimimiz rivojida 2008 yili saylov 
qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartishlar muhim bosqich bo‘ldi. 
Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga 
ko‘paytirildi, shundan 135 nafar deputat siyosiy partiyalardan saylanadi. 
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari nihoyatda muhim 
va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganidan kelib chiqqan holda, quyi 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
palatamizdagi 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan 
saylangan deputatlarga berildi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga saylov jarayonining yanada 
liberallashuvini ta’minlaydigan bir qator normalar kiritildi. Jumladan
saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun 
o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi.
Ayni vaqtda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun 
ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan saylovchilar 
imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi.
Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 
nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. Shular qatorida saylov to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi 
institut kiritildi, unga imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini 
tekshirishda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish 
huquqi berildi.
Yana bir muhim yangilik – qonun hujjatlariga saylov 
komissiyalarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bilan 
bog‘liq faoliyatida oshkoralikni ko‘proq ta’minlashga qaratilgan 
normalarning kiritilishida o‘z aksini topdi.
Shu asosda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha 
bosqichlarida, shuningdek, saylov kunida ovoz berish xonalarida va 
ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy 
Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling