Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
143
O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARIGA BAYRAM TABRIGI 
 
Muhtarama onaxonlar! Munis opa-singillar, lobar qizlarim! Go‘zal 
yurtimizga barchamiz orziqib kutgan ko‘klam nafasi kirib kelayotgan mana 
shu yorug‘ kunlarda siz, azizlarimni, sizlar orqali butun O‘zbekiston xotin-
qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan 
baxtiyorman. 
Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan shu qutlug‘ 
ayyomda sizlarning aziz va qadrdon yuzlaringiz, ko‘zlaringizga boqib, 
samimiy tuyg‘u va tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, biz bahor va ayol 
so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamohang ekanini yanada chuqur 
anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, 
ezgulik va fidoiylik kabi olijanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga 
yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Darhaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-
muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni 
Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasavvur 
etolmaymiz. 
Ayol deganda, ko‘z o‘ngimizda avvalo oq sut berib, barchamizni o‘z 
bag‘rida asrab-avaylab voyaga yetkazadigan, butun hayotini farzandiga 
baxshida etadigan dunyodagi eng muqaddas zot – Ona siymosi namoyon 
bo‘ladi.
Mehribon va mushfiq onalarimizning ana shunday buyuk xizmatini 
so‘z mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning 
“Jismni qil sadqa ano boshig‘a” degan hikmatli so‘zlaridan o‘tkazib ifoda 
etishning o‘zi qiyin, deb o‘ylayman.
Shu ma’noda, asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligini 
ta’minlab kelayotgan aziz va mukarram Ona siymosi, ayol zoti oldida bosh 
egib ta’zim qilish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir, desak, har 
tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. 
Qadrli opa-singillar! 
Bugungi kunda hayotimizning qaysi soha va yo‘nalishini olmaylik – 
bu davlat va jamiyat qurilishi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘ladimi, 
fermerlik va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, fan va madaniyat, san’at 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
144
bo‘ladimi – ularning rivoji va samarasini oshirishda, yurtimizda hech 
kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo 
etishda, xalqaro maydonda davlatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishda 
opa-singillarimizning katta hissa qo‘shayotgani haqida ko‘p gapirish 
mumkin.
Xususan, ayollarimizning siyosiy-ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ta’siri 
ortib borayotganini davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘indagi vakillik 
organlarida 1131 nafar xotin-qiz, jumladan, Oliy Majlisimiz tarkibida 48 
nafar senator va deputat faoliyat ko‘rsatayotgani, qariyb 332 ming ayol 
siyosiy partiyalarning a’zosi sifatida o‘z salohiyatini namoyon qilayotgani, 
fuqarolik jamiyatining tayanchi bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarda 
ularning faol ishtirok etayotganida ko‘rish, kuzatish qiyin emas. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xotin-qizlarning qonuniy huquq 
va manfaatlarini ta’minlash, ularning qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga 
chiqarish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirgan 
ulkan ishlarimiz haqida albatta ko‘plab misollarni olib kelish mumkin. 
Birgina “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” deb nom olgan, bugungi kunda 
umummilliy harakatga aylangan dasturimiz doirasida amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning o‘zi ilgari hayotimizda, 
tariximizda hech ko‘rilmagan salmoqli natijalari bilan ko‘pchilikning 
hayrati va havasini uyg‘otmoqda.
Yurtimizda zamonaviy tibbiyot muassasalarining mustahkam tizimi 
yaratilib, barcha hududlarimizda skrining va perinatal markazlari, 
tug‘ruqxona va sog‘lomlashtirish komplekslari, 3200 ta qishloq vrachlik 
punktlari tashkil etilgani, ular zarur tibbiy uskuna va jihozlar bilan 
ta’minlangani bu boradagi ulkan ishlarimizning bir qismi, xolos. Bunga 
qo‘shimcha qilib, o‘tgan yili amalga oshirilgan “Barkamol avlod yili” 
davlat dasturi bo‘yicha shu yo‘nalishda 8 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ 
sarflanganini yana bir bor eslash o‘rinlidir.
Bu kabi yutuq va marralar albatta barchamizni mamnun etadi, lekin 
bunday keng ko‘lamli, uzoqni ko‘zlab olib borayotgan ishlarimizning 
ma’no-mohiyatini, kelajak avlod uchun ahamiyatini, hech shubhasiz, eng 
avvalo ayollarimiz, onalarimiz ko‘proq tushunadi va qadriga yetadi, deb 
o‘ylayman. 
Bizning aynan ana shunday ulug‘ maqsadga qaratilgan barcha sa’y-
harakat va intilishlarimiz bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan 
yuksak baholanib, xolis e’tirof etilmoqda.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
145
Bu haqda gapirganda, Xalqaro Bolalar jamg‘armasi – YUNISEFning 
Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi 
mamlakatlari bo‘yicha ofisi onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi 
dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonni mintaqadagi namuna deb tan 
olganini qayd etish lozim.
Tinch va osoyishta hayotning, mehr-oqibat, shafqat va muruvvat 
tuyg‘ularining qadriga yetadigan jonkuyar va oqila ayollarimizning oila va 
mahallada, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik, fayzu baraka, 
sog‘lom muhitni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari har qancha e’tiborga 
loyiqdir. 
Shu bilan birga, barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi murakkab va 
tahlikali zamonda tinch va osuda hayotimizni, farzandlarimizning baxtu 
kamolini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar ham yo‘q emas. Ayniqsa, 
dunyoda, olis va yaqin atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar 
kuchayib borayotgan hozirgi paytda yoshlarimizning ongi va qalbini turli 
zararli ta’sirlardan asrash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashash 
zarurligini aslo esimizdan chiqarmasligimiz darkor.
Aziz vatandoshlar! 
Biz bu yil O‘zbekistonimizning yangi tarixidagi buyuk sana – 
mustaqilligimizning 20 yilligini eng ulug‘ va eng aziz bayram sifatida keng 
nishonlaymiz. Bir qarashda, 20 yil ko‘hna tarix uchun qisqa bir muddat, 
albatta. Lekin bu davr biz uchun o‘z mohiyati va ahamiyatiga, amalga 
oshirgan ishlarimizning ko‘lami va miqyosiga ko‘ra, haqiqatan ham 
asrlarga teng davr bo‘ldi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor.
Ana shu vaqt mobaynida biz Vatanimizning yorug‘ kelajagi, uning 
ravnaqi yo‘lida qancha-qancha og‘ir sinovlardan o‘tdik. 90-yillarda 
davlatimiz endigina shakllanib, mustaqil taraqqiyot sari dastlabki qadamlar 
qo‘yayotgan murakkab kunlar bo‘ladimi, chetdan turib bizga ta’sir 
o‘tkazish uchun qilingan turli bosim va tazyiqlar bo‘ladimi, iqtisodiy 
uzilish va yetishmovchiliklar sharoitida, o‘ta og‘ir bir vaziyatda bozor 
munosabatlarini joriy etish bo‘ladimi, jamiyatimizda tinchlik va 
barqarorlikni saqlash va mustahkamlash bo‘ladimi – bularning barchasi, 
o‘ylaymanki, yangi tariximizda chuqur iz qoldiradigan davr sifatida 
xalqimiz xotirasidan hech qachon ko‘tarilmaydi. Ishonamanki, erkin va 
mustaqil fikrlaydigan yosh avlodimiz ham mamlakatimiz bosib o‘tgan bu 
o‘chmas yo‘ldan zarur xulosa va saboqlar chiqarib, mag‘rurlanib yashaydi.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
146
Ortimizda qolgan ana shu qiyinchilik va muammolarni yurtimizdagi 
har qaysi oila, har qaysi mahalla, shahar va qishloq ahli o‘z boshidan 
o‘tkazdi. Lekin, qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, xolisona aytadigan 
bo‘lsak, bunday qiyinchilik va tashvishlar avvalambor zahmatkash 
ayollarimizning yelkasiga tushdi. Va ularning sabr-bardoshi va 
chidamliligi, donoligi va shukronalik fazilatlari, ertangi kunga ishonchi 
yurtimizning ana shunday sinovlarni yengib o‘tishida mustahkam zamin va 
asos bo‘ldi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 
Bugungi kunda, iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib, hayotimiz obod va 
farovon bo‘lib borayotgan, barqaror taraqqiyot sur’atlarimizni dunyo 
hamjamiyati tan olayotgan bir paytda mana shunday yorug‘ kunlarga yetib 
kelishimizga unutilmas va beqiyos hissa qo‘shgan, dalada va korxonalarda, 
ta’lim va shifo maskanlarida, boshqa ko‘plab soha va tarmoqlarda o‘zini 
ayamasdan mehnat qilayotgan, oila hayotini tebratib, yosh avlodimizni 
barkamol etib tarbiyalayotgan siz qadrdon opa-singillarimizga tasannolar 
aytib, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur minnatdorligimni bildirishga 
ijozat bergaysiz. 
Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga 
qaratilgan barcha reja va dasturlarimiz va ularni amalga oshirish haqida 
gapirganda, bir haqiqatni takror va takror aytishni istardim – o‘z oldimizga 
qo‘ygan ezgu maqsad-muddaolarimizga yetishda men siz, aziz 
ayollarimizni asosiy tayanchim va suyanchim, eng yaqin maslakdoshlarim 
deb bilganman va bundan buyon ham shu fikrda qolaman. 
Muhtarama opa-singillar! 
Barchangizni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan 
tabriklar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, 
xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Doimo toleingiz baland, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin! 
Hamisha omon bo‘ling, azizlarim, mehribonlarim! 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling