Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina 
uning jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi, eng yangi qurol-
yarog‘lar bilan ta’minlangani bilan emas, balki Qurolli Kuchlarimiz 
saflari professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsiy tarkib bilan 
qay darajada to‘ldirilgani, ofitser, serjant va askarlarning ma’naviy, 
axloqiy-ruhiy fazilatlari, ularning faol hayotiy pozitsiyasi va qat’iy 
e’tiqodi, ona Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissining naqadar 
yuksak ekani bilan belgilanadi. 
Bu maqsadlarga erishish uchun eng zamonaviy pedagogik, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, yetakchi jamoat 
tashkilotlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat va san’at 
namoyandalarining kuch va imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim.
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, harbiy 
xizmatchilar va ularning oila a’zolari ehtiyojlariga javob beradigan 
zamonaviy harbiy shaharchalar barpo etish, harbiy okruglar miqyosida 
integratsiyalashgan qo‘shinlarorti ta’minotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy, uy-
joy, maishiy, tibbiy ta’minot tizimlarini yaratish yuzasidan qabul qilingan 
davlat dasturlarini amalga oshirish vazifalari doimiy e’tiborimiz markazida 
bo‘lishi kerak.
Bu vazifalarning o‘ta muhim ahamiyati shundaki, avvalambor 
bugungi sharoitda faqat puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan, har 
tomonlama yaxshi ta’minlangan va ijtimoiy himoyalangan Qurolli 
Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, sarhadlarimiz daxlsizligi 
va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, pirovard natijada el-
yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning 
mustahkam va ishonchli kafolati bo‘la oladi. 
Aziz vatandoshlar! 
Mana shu qutlug‘ ayyomda sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari tashkil etilganining 19 yilligi bilan yana bir bor tabriklar 
ekanman, barcha harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va 
generallarga – bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz saflarida mas’uliyatli 
xizmat vazifasini o‘tayotgan yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlariga, 
Vatanimizni himoya qilishdek olijanob burchini munosib ado etayotgan 
barcha insonlarga samimiy minnatdorlik so‘zlarini izhor etishdan 
baxtiyorman.
Barchangizga yangi 2011 yilda mustahkam sog‘lik, baxt va omad 
tilayman!


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling