Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

Birinchi. Mintaqamizdagi zamonaviy tahdidlar va xavfsizlikka qarshi 
qaratilgan xatarlarni tizimli va chuqur tahlil qilib borish, ularning o‘rta va 
uzoq kelajakda olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inobatga olgan 
holda, yuz berish ehtimoli bo‘lgan harbiy harakatlar teatrini kuzatish va 
uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib borishimiz zarur.
Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan bir qolipdagi yondashuvlarni 
qayta ko‘rib chiqish, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga raxna 
soladigan har qanday xatti-harakatlarga qarshi Qurolli Kuchlarimizning 
munosib va samarali zarba berish imkoniyati va tayyorgarligini tanqidiy 
baholab borishimiz darkor.
Ikkinchi. Barcha qo‘shin turlarini boshqarish va o‘zaro uzviy 
muvofiqlashtirishning samaradorligini yanada oshirish, qism va 
bo‘linmalarning strategik, operativ va taktik nuqtai nazardan aniq va bir 
yoqadan bosh chiqarib harakat qilishiga erishish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash, mamlakatimiz chegaralarini 
buzib, yurtimizga bostirib kirishga qaratilgan har qanday yovuz 
urinishlarga zarba berish va ularni bartaraf etishga doimo tayyor turish 
lozim.
Bu borada Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi, harbiy okruglarning 
qo‘mondonlik va shtablari oldida g‘oyat mas’uliyatli vazifalar turibdi. 
Ushbu tuzilmalar hozirgi sharoitlarda har qanday xavfning chorasini 
oldindan ko‘rishga va uzoqni ko‘zlab ish olib borishga tayyor bo‘lib turgan 
holda, mamlakatimiz mudofaa tizimidagi zaif nuqtalarni o‘z vaqtida 
aniqlab, ularning bartaraf etilishini ta’minlash uchun qo‘mondonlik-shtab 
o‘quv mashqlarida ayni shunday tayyorgarliklar ustida ishlashni maqsad 
qilib qo‘yishi zarur.
Bugungi kunda hayotning o‘zi Qurolli Kuchlarni boshqarish, 
rejalashtirish va qo‘llash tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan keng foydalanish, boshqaruvning informatsion 
vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg‘unlashtirishni, Qurolli 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
100
Kuchlarimiz axborot-kommunikatsiyalarining raqamli yagona tarmog‘ini 
yaratishni taqozo etmoqda. 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling