Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
96
O‘ZBEKISTON QUROLLI KUCHLARINING 19 YILLIGI 
MUNOSABATI BILAN VATAN HIMOYACHILARIGA BAYRAM 
TABRIGI 
 
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli 
Kuchlarimiz faxriylari! 
Sizlarni va o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va 
olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz 
hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz 
tashkil etilganining 19 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod 
etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 
Bu yil xalqimiz barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan shonli 
sana – O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yillik bayramini keng nishonlaydi. 
Ana shu yillar davomida bosib o‘tgan murakkab yo‘limizga nazar 
tashlar ekanmiz, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan, o‘zining ko‘lami 
va mohiyatiga ko‘ra g‘oyat ulkan va noyob, tom ma’noda tarixiy ishlarimiz 
natijasida bugungi kunda O‘zbekiston zamonaviy, ixcham va harakatchan, 
yaxshi tayyorlangan, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, 
sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta 
hayotini himoya qilish bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal 
etishga qodir o‘z milliy armiyasiga ega bo‘ldi, deb aytish uchun barcha 
asoslarimiz bor. 
Yurtimizda qabul qilingan Mudofaa doktrinasi va armiyani isloh etish 
va modernizatsiya qilish hamda uning eski yondashuv va qoliplardan 
prinsipial jihatdan ajralib turadigan qurilish tizimi bo‘yicha chuqur 
o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan kompleks dasturni bosqichma-
bosqich amalga oshirish asosida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini 
boshqarishning zamonaviy talablarga va mintaqamizda yuz berishi 
mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatri talablariga javob beradigan yangi 
tizimi yaratildi.
Qo‘shinlarning tuzilishi va jangovar tarkibi, tashkiliy-shtat qurilishi 
tubdan o‘zgardi. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
97
Bugungi zamonaviy sharoitda boshqarish nuqtai nazaridan noqulay, 
samarasiz bo‘lgan qo‘shilmalarning, ko‘p pog‘onali boshqaruv tizimining 
tugatilishi armiyamiz qiyofasini butunlay o‘zgartirdi. Qurolli 
Kuchlarimizning qudrati, jangovar salohiyati, harbiy qism va 
bo‘linmalarning harakatchanligi, tez va shiddatli tarzda kechadigan 
mahalliy operatsiyalarni olib borishga tayyorgarligi, mamlakatimiz 
chegaralari daxlsizligiga raxna solishga, uning hududiga suqilib kirishga 
urinadigan har qanday tajovuzkor bosqinchiga zarba berish qobiliyati 
yuqori darajada oshdi. 
Ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirishning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi 
yaratildi. Bu tizim harbiy xizmatchilarga o‘z professional, nazariy va 
amaliy bilimlarini takomillashtirish, harbiy-jangovar faoliyatning tajriba va 
malakasini egallash uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. 
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarni tayyorlash tizimi tubdan 
o‘zgarmoqda. Ushbu bilim yurtlarida bo‘lg‘usi ofitserlarni o‘qitish va 
tarbiyalash ishlari zamonaviy fikrlaydigan, o‘z xalqi, o‘z Vataniga 
sadoqatli ofitser kadrlarni shakllantirishni ta’minlaydigan mutlaqo yangi 
o‘quv-texnik va ma’naviy-axloqiy asosda yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash 
lozim. 
Hozirgi vaqtda qo‘shinlardagi harbiy xizmatchilarning uchdan ikki 
qismidan ko‘prog‘i o‘quv mashg‘ulotlarini jangovar vaziyatga mumkin 
qadar to‘la yaqinlashtirilgan holda olib borish imkonini beradigan 
zamonaviy trenajyor majmualari, modellashtirish va simulyatsiya vositalari 
bilan jihozlangan serjantlar tayyorlash maktablarida tayyorgarlikdan 
o‘tgani ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Bunday tizim o‘quv materialini 
yanada sifatli o‘zlashtirish, birlamchi bo‘g‘in komandir kadrlarining 
tayyorgarlik jarayonini o‘zgartirish, serjantlar korpusini sog‘lom ma’naviy-
axloqiy muhitni va harbiy intizomni shakllantirish tayanchiga – Qurolli 
Kuchlarimizning mustahkam o‘zagiga aylantirish imkonini berdi. 
Qurolli Kuchlarning qism va bo‘linmalarini qurol-yarog‘ va 
texnikaning zamonaviy turlari bilan ta’minlash masalalari doimiy 
e’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda. 
Muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilanishi, safarbarlik-
chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilishi, chaqiruvning bir yilda bir marta 
tashkil etilayotgani, qo‘shinlarda shartnoma bo‘yicha xizmat qiladigan 
harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘quv-


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98
jangovar va tarbiyaviy ishlar tizimini prinsipial jihatdan o‘zgartirish, 
harbiy bo‘linmalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, 
jamiyatimizda harbiy xizmatga bo‘lgan ishonch va hurmat tuyg‘usini 
kuchaytirish, bir so‘z bilan aytganda, armiyamizning jangovar 
tayyorgarligini butunlay oshirishga olib kelmoqda.
Harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish 
sohasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlar olib borilmoqda. Harbiy 
xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularga zamonaviy tibbiy xizmat 
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga 
oshirilishi harbiy xizmatchilar hayotining moddiy-maishiy sharoitlarini 
sezilarli darajada yaxshilash imkonini bermoqda. Faqat keyingi besh yilda 
harbiy unvonlar bo‘yicha beriladigan oylik maoshlar, harbiy xizmatdan 
bo‘shaganda to‘lanadigan yordam puli sakkiz martadan ko‘proq oshirildi. 
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan shaxslarni moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish choralari, jumladan, oliy o‘quv yurtlariga kirishda ularga 
davlat tomonidan imtiyozlar belgilab qo‘yilgani, ishga joylashishda amaliy 
yordam ko‘rsatilayotgani mamlakatimiz Qurolli Kuchlaridagi harbiy 
xizmatning nufuzi va obro‘sining yanada yuksalishida muhim omil 
bo‘lmoqda. 
Bugun o‘tgan davr mobaynida harbiy va mudofaa qurilishi, Qurolli 
Kuchlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash sohasida amalga 
oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Vatanimiz sarhadlarining 
mudofaasi va himoyasi, xalqimizning tinch mehnati va osoyishtaligini 
ta’minlash ishonchli qo‘llarda, deb to‘liq asos bilan ayta olamiz. 
Qadrli do‘stlar! 
Bizning eng muhim vazifamiz – har jihatdan zamonaviy, harakatchan, 
yaxshi qurollangan, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlangan 
armiyani shakllantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom 
ettirish, uning tizimli va kompleks modernizatsiya qilinishini 
ta’minlashdan, qisqacha aytganda, xalqimiz munosib va haqli ravishda 
faxrlana oladigan Qurolli Kuchlarni yaratishdan iboratdir.
Afg‘onistondagi vaziyatning tobora murakkablashib borayotgani, 
narkotrafik, xalqaro terrorizm, ekstremizm keng tus olayotgani, bizga 
chegaradosh ba’zi mamlakatlarda yuzaga kelgan beqarorlik, shuningdek, 
mintaqamizda boshqa tahdid va xavf-xatarlarning saqlanib qolayotgani 
bizdan Qurolli Kuchlarimizning harbiy tayyorgarligi va jangovar 
qobiliyatini muttasil oshirish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, uning 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
99
davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash borasidagi choralarni 
yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bularning barchasi bizdan doimo 
hushyor va ogoh bo‘lish, yaqin atrofimizda ig‘vo qo‘zg‘atib, keskinlik va 
qarama-qarshilik o‘choqlarini keltirib chiqarishga qaratilgan har qanday 
urinishlarni bartaraf etishga tayyor turishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarni amalga oshirish o‘ta muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling