Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq 
to‘lashni yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sektorini, infratuzilma 
obyektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikatsiya loyihalari 
amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir.  
Muhtaram majlis qatnashchilari!
Hurmatli deputatlar!
So‘zimni yakunlar ekanman, mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning taklif 
etilgan Konsepsiyasi O‘zbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish 
borasida biz qariyb 20 yil oldin boshlagan jarayonni davom ettirish 
bo‘yicha Oliy Majlis tomonidan uzoq muddatli aniq harakat dasturini 
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘ladi, deb ishonaman.
Mening sizlarga murojaatim, da’vatim shuki, bugungi kunda amalga 
oshirilayotgan islohot va yangilanishlar jarayoni butun jamiyatimiz, 
saxovatli zaminimizda yashayotgan har qaysi insonni amaliy ishlarga 
safarbar etadigan umumiy maqsadga aylanishi uchun barcha 
imkoniyatlarni ishga solaylik, el-yurtimiz manfaati, ona Vatanimizning 
ravnaqi va kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilaylik.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
Shu yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, g‘ayrat-
shijoat tilayman. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
 
 
 
"O‘RTA OSIYONING TRANSCHEGARAVIY EKOLOGIK 
MUAMMOLARI: ULARNI HAL ETISHDA XALQARO HUQUQ 
MEXANIZMLARINI QO‘LLASH" MAVZUIDAGI XALQARO 
KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARIGA 
Muhtaram konferensiya qatnashchilari! 
Siz, hurmatli mehmonlarimizni – xalqaro ekologiya tashkilotlarining 
obro‘li vakillarini, olimlar, tahlilchilar va ekspertlarni samimiy qutlashga 
va “O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal 
etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash” mavzuidagi xalqaro 
konferensiyada ishtirokingiz uchun chin dildan minnatdorlik bildirishga 
ijozat bergaysiz. 
Dunyo yangi ming yillik bo‘sag‘asida yer yuzining turli hududlarida 
inson hayoti va faoliyatiga, hayvonot va nabotot olamiga xavf solayotgan 
favqulodda tabiiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan muammo 
hamda tahdidlarga duch keldi.
Afsuski, bunday tahdidlar O‘rta Osiyoda ham keskin tus olmoqda. Bu 
yerda o‘tgan asrning ikkinchi yarmida yirik transchegaraviy daryolardan 
oqibatini o‘ylamay foydalanish, ekologik jihatdan zararli sanoat 
obyektlarini qurish ishlari mintaqamizni ekologik falokat yoqasiga olib 
keldi.
Qurib borayotgan Orol dengizi fojiasi buning yaqqol dalili bo‘la oladi. 
Bir paytlar noyob va go‘zal dengizlardan biri bo‘lgan Orol bir avlod ko‘z 
o‘ngida qurib borayotgan suv havzasiga aylandi. Uning sahroga aylangan 
tubi aholi salomatligi va genofondiga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda, qishloq 
xo‘jalik yerlari, o‘simlik va hayvonot olamining tanazzuliga sabab 
bo‘lmoqda.
Bugungi kunda barchamizning oldimizda g‘oyat muhim vazifa turibdi. 
Bu – tabiatni hozirgi va kelajak avlodlar uchun saqlab qolish, uni bizning 
mintaqamiz va boshqa mintaqalar aholisining turmush sharoiti va tabiatdan 
foydalanish imkoniyatlarini yanada murakkablashtiradigan yangi xavfli 
loyihalardan asrashdan iboratdir.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ommaviy Ekologik harakatni 
tashkil etishni hayotning o‘zi taqozo qildi. Mazkur harakat xalqimizning 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
59
orzu-umidlarini hisobga olib, tabiatni asrab-avaylash va atrof-muhitni 
muhofaza qilish yo‘lida xalqaro ekologik tashkilotlar bilan faol hamkorlik 
qilmoqda. 
Ekologiya, atrof-muhit musaffoligi uchun kurashish – Yer yuzidagi 
barcha mamlakatlar va xalqlar uchun birdek daxldor ekanini e’tiborga 
olgan holda, biz bu borada tobora keng ko‘lam va rang-barang shakl kasb 
etib borayotgan mazkur hamkorlik o‘ta muhim ahamiyatga ega, deb 
hisoblaymiz.
Ushbu anjumanda nufuzli va tajribali ekologiya tashkilotlari, 
ekspertlar, tahlilchilar bilan hamkorlikda, BMTning tegishli 
Konvensiyalariga amal qilgan holda, bizning mintaqamizni O‘rta Osiyo 
mintaqasi doirasidan kengroq doiralarga chiqib ketadigan va halokatli 
oqibatlarga olib keladigan yangi xavfli loyihalar amalga oshirilishining 
oldini olishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqiladi, deb ishonaman. 
Sizlarning takliflaringiz va ovozingiz bugungi va kelajak avlodlarni 
ekologik halokatli hududda yashashdek og‘ir qismatdan himoya qilishda 
muhim rol o‘ynaydigan xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va boshqa 
manfaatdor tuzilmalar tomonidan e’tiborga olinishiga ishonchim komil. 
Konferensiya samarali o‘tishini, uning barcha qatnashchilariga muhim 
va xayrli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling