Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonun bugungi kunda


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonun bugungi kunda 
eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga 
olgan holda, “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz 
va qabul qilishimiz zarur. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni 
nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni 
nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga 
qarshi mexanizmlarni, aksiyalarni sotib olish, qo‘shish va birlashtirish 
bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini 
soddalashtirish bo‘yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga 
muvofiqdir. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 80 foizdan 
ortig‘ini nodavlat sektor ta’minlamoqda. Tan olishimiz kerakki, 1991 yilda 
qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‘g‘risida”gi Qonun, o‘tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti 
hujjati unga uyg‘unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko‘rib 
chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etmoqda.  
Mamlakatimizning strategik muhim tarmoqlari va korxonalarida 
aksiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo‘lsa, “oltin” aksiyalarni davlat 
ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim yetakchi 
tarmoqlariga xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor 
ulushini yanada kengaytirish zarur. Bunda bo‘lajak investorlarning barcha 
toifalariga xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni 
ta’minlash, ularda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish 
bitimlarining ochiqligi va oshkoraligini ko‘zda tutish lozim.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan g‘oyat muhim ahamiyatga molik 
qonunlarni takomillashtirish bilan birga, O‘zbekistonda amalga 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
56
oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib 
chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada 
rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni 
hayotning o‘zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit 
axboroti almashuvi to‘g‘risida”, “Garov reyestri to‘g‘risida”, “Rieltorlik 
faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, 
“Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi va 
boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir.
Yana bir muhim masala.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va 
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning 
o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi 
choralar dasturida ana shunday yondashuv asosida ish tutganimiz o‘tgan 
yillarda o‘zini to‘la oqladi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Osiyodagi 
ko‘plab mamlakatlar aynan shunday pozitsiyaga amal qilib kelmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim 
vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling