Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonun bugungi kunda
Download 2.84 Kb. Pdf ko'rish
|
19tom2011yilpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonun bugungi kunda
eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan holda, “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, aksiyalarni sotib olish, qo‘shish va birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo‘yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 80 foizdan ortig‘ini nodavlat sektor ta’minlamoqda. Tan olishimiz kerakki, 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, o‘tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti hujjati unga uyg‘unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko‘rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etmoqda. Mamlakatimizning strategik muhim tarmoqlari va korxonalarida aksiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo‘lsa, “oltin” aksiyalarni davlat ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim yetakchi tarmoqlariga xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada kengaytirish zarur. Bunda bo‘lajak investorlarning barcha toifalariga xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash, ularda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va oshkoraligini ko‘zda tutish lozim. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan g‘oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni takomillashtirish bilan birga, O‘zbekistonda amalga www.ziyouz.com kutubxonasi 56 oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida”, “Garov reyestri to‘g‘risida”, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir. Yana bir muhim masala. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv asosida ish tutganimiz o‘tgan yillarda o‘zini to‘la oqladi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar aynan shunday pozitsiyaga amal qilib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini Download 2.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling