Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


nazorat to‘g‘risida”gi Qonun


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va boshqa qator 
qonun hujjatlarini qabul qilish fursati yetdi, deb o‘ylayman.
VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni 
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish  
Muhtaram yurtdoshlar!
Barchamizga ayonki, mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki 
bosqichida, ya’ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davrda ulkan 
o‘zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining 
asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit 
yaratishga qaratildi.
Shu borada qabul qilingan o‘ta muhim qonun va normativ hujjatlar 
qatorida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar 
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi 
qonunlarni qayd etish mumkin.
Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Xususiy korxona to‘g‘risida”, 
“Valutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi 
Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha umumiy hisobda 400 
dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. 
Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va 
modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga 
oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib 
xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantiqi va 
izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling