Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi. Mamlakatimizda 
biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan 
milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la 
mos keladi. Ishonchim komilki, bunday biznesni tashkil qilishning 
qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini 
kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng 
rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining ochilishiga sharoit tug‘iladi.
Sizlarga yaxshi ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida 
mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanini 
isbotladi. Shu bilan birga, bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy 
banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, 
kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy 
institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish 
hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham 
bog‘liq. Bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning 
kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga imkon 
beradi va eng yuksak xalqaro standartlar talabiga mos zamonaviy bozor 
infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
54
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi 
o‘zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida 
amalga oshirilgan ulkan ishlar hech kimga sir emas, albatta. Bularning 
barchasini e’tirof etgan holda, mavjud qonunlarimizning ko‘pchiligini 
ularni qo‘llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari 
rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy 
qayta ko‘rib chiqish zarur.
Misol uchun, mamlakatimizdagi deyarli barcha ishlab chiqarish 
obyektlari aksiyadorlik kompaniyalari prinsipi bo‘yicha tashkil etilgan, 
ammo ular o‘z maqomiga qay darajada mos holda faoliyat yuritmoqda va 
o‘z huquqlaridan qanday foydalanmoqda, degan savolni o‘zimizga berib 
ko‘raylik. Aksiyadorlik kompaniyalari o‘zlarining bozor munosabatlariga 
mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun yana qanday 
mexanizmlarni harakatga keltirish zarur?
Shu munosabat bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling