Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

Uchinchi. Barcha darajadagi qo‘shin turlarining hamkorligini 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida 
qo‘mondonlik-shtab, tezkor-taktik, taktik-maxsus o‘quv mashqlari va 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish, individual va guruh shaklidagi jangovar 
tayyorgarlikning butun tizimini qayta ko‘rib chiqish eng muhim vazifa 
bo‘lib qolmoqda. Hamkorlikdagi operatsiyalarga jalb etiladigan chegara 
qo‘shinlari, Mudofaa vazirligining harbiy qismlari, vertolyot-hujum 
bo‘linmalari va maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, boshqa 
jalb qilinadigan qo‘shin turlari hamkorligida turli model hamda variantlarni 
amalda qo‘llash barcha o‘quv mashg‘ulotlarining muhim tarkibiy qismiga 
aylanishi shart. Shu borada harbiy okruglar qo‘mondonliklarining turli 
xavf-xatar va tahdidlarga qarshi tezkor zarba berish bo‘yicha vazifalarni 
hal qilishda belgilangan operatsion yo‘nalishlar doirasida amalda mustaqil 
va o‘zini o‘zi boshqarishga qodir bo‘lishiga erishish lozim.
To‘rtinchi. Qurolli Kuchlarimizning harakatchanligi, o‘zini o‘zi 
boshqarishi, yuksak jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishiga erishishda 
harbiy qism va bo‘linmalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy qurol-
yarog‘ va harbiy texnika, aloqa va individual himoya vositalari bilan qayta 
jihozlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini nazarda 
tutgan holda, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyot texnikasi, 
bronetank qurol-yarog‘lari, artilleriya tizimlari, zenit raketalari 
komplekslari, zalpli o‘t ochishning reaktiv tizimlari, yuksak darajada aniq 
nishonga oladigan zamonaviy qurollar, individual va guruh shaklida, shu 
jumladan, radioaktiv nurlanish hamda kimyoviy va biologik qurollardan 
himoyalanishning maxsus vosita va texnikalarini modernizatsiya qilish va 
ularning zamonaviy namunalarini sotib olish masalasiga alohida e’tibor 
qaratish darkor.

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling