Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
borishni ta’qiqlaydi, odamlar o‘rtasida adovat va ixtiloflarni to‘xtatishga buyuradi. Islom
jismoniy zo‘ravonlik va vahshiylikning barcha ko‘rinishlarini ham,
odamlarga nisbatan
ozginagina g‘oyaviy bosim o‘tkazishni ham birday man’ etadi.
«Dinga zo‘rlab (kiritish) yo‘qdir. (Zero) haq yo‘l zalolatdan ajrab bo‘ldi»
(Baqara, 256)
«Bas (ey Muhammad), siz pand-nasihat qiling! Zotan siz faqat pand-nasihat
qilguvchidirsiz, xolos» (G‘oshiya, 21).
Odamlarni dinga yoki diniy ko‘rsatmalarni bajarishga zo‘rlash Islomning mohiyati va
ruhiga mutlaqo ziddir. Zero Islom aqidasiga ko‘ra, chinakam iymonga xohish-iroda va
vijdon amri bilangina kelish mumkin. Albatta, musulmonlar Qur’oni karimda bayon
etilgan axloqiy asoslarni hayotga tatbiq etish zarurati to‘g‘risida bir-birlarini
rag‘batlantirishlari, ogohlantirishlari yoki eslatishlari mumkin. Qur’oni karimning axloqiy
ko‘rsatmalarini odamlarga tushuntirish har bir dindor odamning burchidir. Musulmonlar
Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, o‘z dinlari haqida odamlarga bilim tarqatishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: