«Ey mo‘minlar, Allohning o‘zi uchun haq yo‘lni tutguvchi, adolat bilan
shahodat-guvohlik beruvchi bo‘lingiz! Biron qavm-ni yomon ko‘rishingiz
sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin! Adolat qilingiz! Shunisi taqvoga
yaqinroqdir. Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan
xabardordir» (Moida, 8).
Qur’on da’vati musulmondan haqiqiy adolatni talab etadi. Iymonli kishi esa hayotining
har lahzasida Parvardigoriga maqbul bo‘ladigan amallarni qilib yursagina Alloh taoloning
ajr-mukofotlarga munosib bo‘lishini biladi. Bundan tashqari ana shu kishining axloqiy
fazilatiga guvoh bo‘lgan har bir odamda unga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi, uning
huzurida o‘zini xotirjam his qiladi va har qanday mas’uliyatli ishini unga topshira oladi.
Bunday odamlar hatto o‘zining dushmanlari hurmatini ham qozona oladi. Buning ustiga
iymon-e’tiqod va adolatparvarlikdagi qat’iylik boshqa odamlarning iymonga kelishlarida
ibrat va sabab vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |