Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


«Sizlarga qarshi urushuvchilar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz va tajovuzkor


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

«Sizlarga qarshi urushuvchilar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz va tajovuzkor 

bo‘lmangiz! Shubhasiz, Alloh tajovuzkorlarni sevmaydi» (Baqara, 190). 

Alloh taolo mo‘minlarga ushbu vahiyni nozil qilgandan so‘ng musulmonlar va arablarning 

majusiy (mushrik) qabilalari o‘rtasida bir qancha janglar bo‘lib o‘tdi. Lekin ularning 

birortasi ham musulmonlar sababchi bo‘lib boshlangani yo‘q. Bundan tashqari

Muhammad (s.a.v.) mushriklar bilan sulh shartnomasini (Hudaybiya bitimi nomi bilan 

mashhur) imzolab, butparastlarning ko‘pgina shartlariga ko‘ndilar va musulmonlar bilan 

mushriklarning tinchlik-osoyishtalikda yashashlarini kafolatlovchi tinch, xavfsiz ijtimoiy 

tuzumni ta’minlab berdilar. Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin mushriklar shartnomani 

buzishdi va ana shunday vaziyatda urush harakatlari qaytadan boshlanib ketdi. Biroq 

musulmonlar sonining shiddatli o‘sishi tufayli Islom lashkari yengilmas kuchga aylandi 

va payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ana shu qo‘shinga bosh bo‘lib, Makkaga kirib 

bordilar. Shaharning fath etilishi bir tomchi qon to‘kilmay, birorta odam aziyat chekmay 

amalga oshdi. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) xohlaganlarida musulmonlar boshiga cheksiz 

kulfat-uqubatlarni solgan mag‘lub shaharning mushrik qabila boshliqlaridan o‘ch olishlari 

mumkin edi. Lekin u zot ularga qarshi hech qanday chora ko‘rmadilar, kechirgan holda 

ozodlikka chiqarib, o‘z dinlariga itoat qilish huquqini ham saqlab qoldilar. 

Payg‘ambarning (s.a.v.) ana shu marhamatidan hayratga tushgan mushriklar 

keyinchalik o‘z ixtiyorlari bilan Islomni qabul qilishdi. 

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrlarida faqatgina Makka emas, balki boshqa barcha 

shaharlar fathida ham tinch aholining, hech bir aybi yo‘q, himoyasiz odamlarning huquqi 

qattiq himoya qilingan. Rasululoh (s.a.v.) mo‘minlarga bag‘rikeng bo‘lishlikni ko‘p marta 

eslatib turganlar va o‘zlari ham namuna bo‘lganlar. Janglardan biri oldidan u zot 

mo‘minlarga shunday buyurganlar: «G‘azotga Alloh elchisining haqiqiy dini uchun 

chiqinglar! Lekin keksalar, ayollar va bolalarga tegmanglar! Yaxshilik va ezgulik 

qiluvchilardan bo‘lingiz! Alloh taqvodorlarni sevadi». Boshqa bir rivoyatda Allohning 

rasuli urush paytidagi ochiq xarbiy harakatlarda musulmonlarning xulqi qanday bo‘lishi 

lozimligini shunday bayon etganlar: «Bolalarni o‘ldirmang. Cherkovlarda ibodat qilishga 

o‘zini bag‘ishlagan kishilarga tegishdan saqlaning. Ayollar va qariyalarni o‘ldirmang. 

Daraxtlarni kesmang va yoqmang. Uylarni vayron qilmang!» 

Payg‘ambar Muhammadning (s.a.v.) tinchliksevar siyosati Qur’oni karim orqali nozil 

qilingan Islom ta’limotining asoslaridan kelib chiqadi. Alloh taolo ilohiy vahiyda 

mo‘minlarni Islom dinida bo‘lmagan kishilarga yaxshi munosabatda bo‘lishga buyuradi: 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling