Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


«Endi agar to‘xtasalar (kufrdan kechib, Islomga kirsalar), bas, albatta, Alloh


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

«Endi agar to‘xtasalar (kufrdan kechib, Islomga kirsalar), bas, albatta, Alloh 

kechirguvchi, rahmlidir» (Baqara, 192). 

Mo‘min-musulmonlar ixtilofga borgan tomon bilan sulh, bitimga kelish va tinch yo‘lni 

tanlashga majburdirlar, ular tinchlikni urushdan afzal ko‘radilar va qarshi tomon 

hujumga o‘tgan paytda, mudofaa uchungina urushga kira oladilar. 

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) faqat zaruriy hollardagina, shunda ham o‘z qavmini 

himoya qilishning boshqa usuli qolmaganda va mudofaa harakatlari olib borish 

maqsadida urush boshlash qarorini qabul qilganlar. 

Qur’oni karimning nozil bo‘lishi (tushishi) roppa-rosa 23 yil davom etdi. Shuning avvalgi 

o‘n uch yilida Makka mushriklari o‘rtasida musulmonlar ozchilikni tashkil etar va ular 

mushriklar tomonidan qattiq ta’qib va tahqir qilinardi. Ilk musulmonlarning ko‘pchiligi 

jismoniy qiynoqlarga solindilar, o‘ldirildilar, uylari va mol-mulklari tortib olindi, ular 

doimiy haqorat va do‘q-po‘pisalarga duchor bo‘ldilar. Ana shunday munosabatga 

qaramay, musulmonlar kuch ishlatishga, zo‘ravonlikka o‘tganlari yo‘q, hamisha makkalik 

mushriklarni sulhga va haqiqiy iymonga da’vat etaverdilar. 

Butparastlarning tazyiq-po‘pisalari musulmonlar qabilasiga jismoniy xavf tug‘dira 

boshlaganda musulmonlar Makkani tashlab chiqib, Yasrib shahriga (keyinchalik u Madina 

deb ataldi) borib o‘rnashdilar va shahar aholisining erkin va do‘stona muhitida yangi 

qavm tashkil eta boshladilar. Musulmonlar keyinchalik siyosiy tartiblar o‘rnatib, haqiqiy 

kuch to‘plaganlarida ham Makka mushriklarining yovuzlarcha hujumlariga qarshi urush 

boshlamadilar. Faqat Alloh taolo Payg‘ambarga (s.a.v.) quyidagi oyatlarni nozil 

qilgandan keyingina Rasululloh o‘z sahobalariga urushga tayyorgarlik ko‘rishga buyruq 

berdilar: 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling