Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Islom va diniy bag‘rikenglik masalalari
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
Islom va diniy bag‘rikenglik masalalari
Islomning siyosiy doktrinasi (ya’ni Islomning siyosat sohasidagi qonunlari va tamoyillari) favqulodda tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Bu haqiqat musulmon bo‘lmagan ko‘plab tarixchilar va ilohiyotchilar tomonidan ham tan olingan. Dastlab rohib bo‘lgan angliyalik tarixchi, Yaqin Sharq tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis Karen Armstrong ham shulardan biridir. U o‘zining «Muqaddas urush» («Holy War») kitobida, dunyodagi uch ilohiy din tarixini tadqiq qilib, quyidagi izohni beradi: «Arab tilida «islom» so‘zi «tinchlik» degan so‘zning o‘zagidan olingan. Qur’on urushni Xudoning irodasiga zid g‘ayritabiiy holat sifatida qoralaydi... Islom muxolif tomonni yo‘qotishga qaratilgan bosqinchilik urushlarini ta’qiqlaydi... Islom faqat muqarrar bo‘lib qolgan va himoyalanish uchun bo‘ladigan urushlarnigina tan oladi va ayrim hollarda ularni odamlarga qilinayotgan haqsizlik va azob - uqubatlarni tugatishga qaratilgan ezgu majburiyat sifatida baholaydi. (Ammo) Qur’on ta’lim beradiki, hatto adolatli urush ham qat’iy had - chegaralar hisobga olingan holda, iloji boricha insonparvarlik yo‘li bilan olib borilishi kerak. Muhammad (s.a.v.) faqatgina Makka mushriklari bilangina emas, balki bir paytning o‘zida mahalliy yahudiy qabilalari, shuningdek yahudiylar bilan til biriktirib, unga xujum qilishni rejalashtirgan Suriyadagi nasroniy qabilalar bilan ham urushishga majbur bo‘lgandi. Ammo bu holat uning qalbida dushmanlariga nisbatan nafrat tug‘dirmadi, uni «Ahli Kitoblar»ni (nasroniy va yahudiylarni) la’natlashga olib kelmadi. Uning musulmonlari o‘z hayotlarini jismonan himoya qilishga majbur bo‘lishdi, lekin ular o‘z dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yo‘q. Muhammad musulmon qo‘shinlariga boshliq sifatida o‘zining ozod qilgan quli Zaydni nasroniylarga qarshi urushga jo‘natayotganda unga Alloh yo‘lida mardona jang qilishni, ammo insonparvarlikni unutmaslikni buyurgan. Ular diniy xizmatchilarni, rohib va rohibalarni bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan, bemajol odamlar, ayollar, yosh bolalar, keksalarni nishonga olmas, ularga zarar yetkazmasdi. Ular tinch fuqarolarni, aholini o‘ldirishmagan, bino va uy-joylardan hech birini vayron qilishmagan...» Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin musulmonlarga bosh bo‘lib qolgan «xulofai roshidin» (ya’ni, to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar) ham ozod qilingan o‘lkalarda mahalliy aholi va yangi ko‘chib kelganlar uchun tinch va xavfsiz holda ahil – totuv yashash imkoniyatini yaratib berishgan. Xalifalarning birinchisi Abu Bakr Siddiq (r.a.) Suriyaga harbiy yurishga ketayotib, o‘z qo‘shinlariga Qur’oni karimning haqiqiy da’vatiga yorqin misol bo‘lgan quyidagi buyruqni bergandilar:
Xalifalikni Abu Bakrdan (r.a.) qabul qilib olgan xalifa hazrati Umar (r.a.) o‘zining o‘zga dinlarga xayrixohligi, rahm-shafqatliligi va adolatparvarliligi bilan Islom dunyosidan tashqarida ham ma’lum va mashhur edi. U Arab xalifaligiga qo‘shilgan yerlarning xalqlari bilan Islomning chinakam adolatparvarligi va din erkinligiga xayrixohligiga misol bo‘la
|
ma'muriyatiga murojaat qiling