Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

ko‘pgina shaharlarning aholisi Malikshoh hukmronligi ostiga ixtiyoriy ravishda o‘tishga 



qaror qilishganki, bu tarixda kam uchraydigan noyob hodisadir. 

E’tiqodlari uchun ta’qib, o‘lim va vahshiyliklarga duchor qilingan, keyinchalik esa 

Ispaniya va Portugaliya katolik hukmdorlari tomonidan quvg‘in qilingan yahudiylar 

Usmonli imperiya yerlarida orom-osoyishtalik topganlar. Sulton Boyazid II ning 

hukmronligi davri diniy bag‘rikenglikka yorqin misol bo‘la oladi. U 1492 yilda 

Ispaniyadan quvg‘in qilingan yahudiylarni qaramog‘idagi Edirne, Livadiya, Tirxala kabi 

shaharlarda joylashtirgan. Hozirgi kunda Turkiyada yashayotgan 25 mingdan ziyod 

yahudiylar o‘sha davrda musulmonlar yurtidan panoh topgan yahudiylarning avlodlaridir. 

Sulton Boyazid II tomonidan namoyon etilgan mehribonlik va diniy bag‘rikenglik 

Movarounnahr hukmdorlariga ham xos narsa edi. Amir Temur saltanatiga qarashli 

barcha shahar va qishloqlarda fuqarolarga erkin yashash, o‘z dinlarining qonun va urf-

odatlariga rioya qilish huquqi berib qo‘yilgan. Jorjtaun universiteti (AQSh)ning din va 

millatlararo munosabatlar professori Jon L. Espozito musulmon davlatlari boshqaruvi 

ostiga o‘tgan yahudiylar va nasroniylar duch kelgan diniy bag‘rikenglik va e’tibor haqida 

shunday hikoya qiladi: 

«Vizantiya va Fors yerlarida yashagan va hamisha kelgindi hukmdorlar qo‘l ostida 

bo‘lgan nomusulmon jamoalar uchun Islom hokimiyati atigi ma’muriyat almashinuvi 

bo‘lgan, shu bilan birga bu hukmronlik murosago‘yroq va bag‘rikengroq edi. Ana shu 

xalqlarning ko‘pchiligi musulmonlar qo‘l ostida katta mustaqillikka erishib, soliqlarni ham 

ancha kam to‘laydigan bo‘ldilar... Musulmonlarning diniy bag‘rikengligiga kelsak, 

Islomning yahudiylar va mahalliy nasroniylarga avvalgi hukmdorlar davridagiga 

qaraganda ko‘proq diniy erkinlik bergan va qadrlagan din ekanligi ma’lum bo‘ladi». 

Ovrupolik tadqiqotchilarning sharhu-izohlari guvohlik beradiki, musulmonlar hech 

qachon dunyoda buzg‘unchilik va dushmanlik urug‘larini sepishmagan. Ular qaergacha 

yetib borishgan bo‘lsa, o‘sha yerlarga va xalqlarga xavfsizlik va barqarorlik olib 

kelishgan. Alloh taoloning Qur’on orqali nozil qilgan amr-farmonlari va Islom tarixi ochiq-

oydin va tushunarli hamda bahslar uchun hech qanday sabab-bahona qoldirmaydi.  




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling