Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

va shafqatsizlikni olib bordilar. Musulmonlar qo‘l ostida bo‘lganida tinchlik va 



musulmonlar, yahudiylar va nasroniylarning ahilligi tayanchi bo‘lgan Quddusni qo‘shinlar 

egallab olgach, shahar dahshatli vahshiylik va qonxo‘rlik maydoniga aylanadi. Salbchilar 

shahardagi musulmon va yahudiylarni ayovsiz qilichdan o‘tkazishdi. Nasroniy 

tarixchilaridan birining yozishicha«ular shaharda uchratgan barcha arablarni va 



turklarni... erkak yoki ayolligiga qaramay o‘ldirishdi, hech narsani hisobga olmay, 

yoppasiga qirishdi». 

Salbchilardan biri – Raymond Agilskiyning yilnomasida mana bunday mazmundagi 

maqtanchoqlik bilan yozilgan bitiklar bor edi: 

«Tasvirlashga loyiq ajoyib voqealar sodir bo‘ldi. Ayrim odamlarimiz – ular biznikilarning 

eng rahmdillari edi – dushmanlarining kallasini sapchadek uzishdi. Odamlarimizning 

boshqalari esa ularni nayza bilan tinchitishardi. Ayrimlari g‘animlarini tiriklay o‘tga 

tashlashar, keyin uzoq qiynab, sekin o‘ldirishar edi. Shahar ko‘chalari tanadan uzilgan 

bosh, qo‘l-oyoqlar g‘aramiga to‘lib ketdi. Shunday to‘ldiki, ana shu tana a’zolari va 

kallalarga qoqilmasdan ko‘chadan yurish ancha mushkul bo‘lib qoldi. Ammo bularning 

hammasi Sulaymon podsho ibodatxonasi oldida sodir bo‘lgan voqealarga solishtirganda 

hech narsaga arzimay qoladi. U yerda nima bo‘lgani qiziqtiryaptimi? Agar rostini 

aytadigan bo‘lsam, gaplarimga ishonishingiz qiyin. Gapning indallosini aytsam, 

Sulaymon podsho ibodatxonasi oldida to‘kilgan qon daryosi odamlarimizning tizzasidan 

yuqoriroqqa chiqib ketdi». 

Yilnomalardagi ma’lumotlarga qaraganda, salbchilarning qo‘shinlari shaharda ikki kun 

ichida 40 000 ga yaqin musulmon va yahudiyni yovuzlarcha qiymalab o‘ldirganlar. 

Salbchilarning vahshiyligi shu darajaga borib yetdiki, ular IV salb yurishi paytida o‘z 

dindoshlariga qarashli Qustantaniya (Konstantipol) shahrini ham talon-taroj qildilar. Ular 

shahar cherkovlariga ichki bezak sifatida ishlatilgan oltin ziynatlarni, qimmatbaho 

toshlarni ko‘chirib olib, tashib ketishdan ham hazar qilmadilar. 

Salbchilarning vahshiyligi nasroniylikning siyosiy doktrinasiga mutlaqo zid edi. Injil 

nasroniylikni insoniyatga yuborilgan Ilohiy «muhabbat vahiysi» deb ta’lim beradi. 

Payg‘ambar Iso alayhissalom o‘z ergashuvchilariga shunday murojaat qilgan: 



«Dushmanlaringizni sevinglar... sizga jabr-zulm o‘tkazganlarning haqqiga ibodat 

qilinglar....» (Matto bayon etgan Injil, 5/44). «Bir chakkangga urganga ikkinchisini 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling