Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

ham tut». (Luqo bayon etgan Injil, 6/29). Yangi ahdning hech qaysi yerida zulm va 

zo‘ravonlik qilishga ijozat beradigan amr-farmon yo‘q, hatto begunoh odamlarni 

o‘ldirishni oqlash fikrining o‘zi ham yo‘q. «Begunoh yosh go‘dakni o‘ldirish» degan jumla 

faqat bir marta, yahudiy shohi Irodning payg‘ambar Isoni (s.a.v.) go‘dakligidayoq 

o‘ldirishga buyurgani asnosida tilga olinadi. 

U holda nima sababdan odamlar ustidan har qanday shakldagi zo‘ravonlik qilishni 

taqiqlagan muhabbat diniga e’tiqod qiluvchi nasroniy salbchilar bu qadar dahshatli 

vahshiylikni sodir etdilar? Buning sababi shundaki, o‘z dinlarini go‘yo himoya qilmoqchi 

bo‘lgan salbchi jangchilar aslida bu din haqida hech narsa bilmaganlar, Injilni hech 

qachon o‘qimaganlar, nasroniylikning axloqiy tamoyillari bilan tanish bo‘lmaganlar, 

salbchilarning qo‘shinlari qattiq adashtirilgan johil va nodon avomdan iborat edi. «Dinni 

asrab qolish uchun» otilib chiqqan bir guruh munofiqlar Parvardigor nomiga qasam 

berdilar va «Iso Masih shunga buyurgan» shiori ostida nodon, johil odamlar ommasini 

vahshiylik girdobiga uloqtirdilar. O‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida, aldov va dinga 

tuhmat bilan odamlarning g‘oyat ko‘p qismini din mutlaqo taqiqlagan harakatlarni sodir 

etishga undadilar. 

Shuni ham eslatib o‘tish lozimki, ancha yuksak rivojlangan jamoa hisoblangan sharqiy 



Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

20

nasroniylar o‘zga dindagilarga tenglab bo‘lmaydigan darajada adolat-insof bilan 



munosabatda bo‘lganlar. Salbchilar kelguncha ham va salb yurishlari tugagandan keyin 

ham, pravoslav nasroniylar musulmonlar bilan tinchlik va totuvlikda yashaganlar. Salb 

yurishlari tarixiga bag‘ishlangan Bi-Bi-Si telekompaniyasi dasturlaridan birida tarixchi 

Terri Jons shunday xulosaga keladiki, salbchilarning Yaqin Sharqdan chiqib ketishi bilan 



«mintaqadagi madaniy hayot qayta tiklandi va uchala dinning barcha vakillari 

Quddusdagi tinch-osoyishta hayotlariga qaytdilar». 

Salbchilarning qilmishlari bitta umumiy holatni oydinlashtiradi: agar qandaydir bir 

g‘oyaning izdoshlari ma’rifatdan yiroq bo‘lsalar, qalblarida iymon bo‘lmasa, Ilohiy din 

tomonidan buyurilgan axloq masalalarida nodonlik va johillikda yurgan bo‘lsalar, 

g‘oyaviy nuqtai nazardan barkamol bo‘lmasalar, u holda ularning zo‘ravonlikka moyilligi 

haddan tashqari kuchli bo‘ladi. Ana shu qoida dahriylik mafkurasiga ham birday taalluqli. 

Dunyodagi barcha kommunistik harakatlar zo‘ravonlik tarafdori bo‘lishgan, lekin ular 

ichida eng quturgani va insoniyligini yo‘qotgani Kambodjadagi Qizil kxmerlar rejimi edi. 

Chunki kommunistik mafkura tarafdorlarining eng johil, eng nodon, gumroh ommasidan 

tashkil topgandi. “Dushmaningni hali sovimagan yuragini sug‘urib olib yesanggina uni 



mag‘lub qilasan”, degan johilona aqidaga amal qilgan qizil kxmerlar o‘z xalqlari boshiga 

vahshiyona kulfatlar olib keldilar. 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling