Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


«Sizlar Fir’avnning oldiga boringlar, chunki (u «Men xudoman», deb) haddidan


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

«Sizlar Fir’avnning oldiga boringlar, chunki (u «Men xudoman», deb) haddidan 

oshdi. Bas, unga yumshoq so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening 

qahrimdan) qo‘rqsa» (Toha, 43-44). 

Fir’avn buyuk Parvardigorning irodasini inkor etib, o‘zini xudoning yerdagi timsoli deb 

e’lon qilgan eng beshafqat hukmdorlardan biri edi. Fir’avnning mustabid hukmronligi 

dindorlarni (Bani Isroilni) shafqatsiz jabr-sitam va zulmga giriftor qildi. Biroq Alloh ana 

shunday dushmanlik vaziyatida ham Fir’avnga pand-nasihat qilish uchun yuborilgan 

payg‘ambarlariga «unga yumshoq so‘zlanglar», deb buyuradi. Ulug‘ Parvardigor tinch 

munosabatlar o‘rnatish, chiroyli pand-nasihatlar olib borishni, ixtilof, keskin fikr aytish 

va g‘azabnok shiorlar, norozilikning tajovuzkor ko‘rinishlaridan tiyilishni amr etadi. 

Qur’oni karim musulmonlarga xulq-atvorning hamda, agar odamlarning qalblari xusumat 

va nafrat bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa hamki, ular bilan muomala qilishning Xudoga xush 

keladigan tomonlarini ko‘rsatuvchi ko‘plab misollar keltiradi. Payg‘ambar Muhammad 

(s.a.v.) xulqlarini ta’riflovchi oyati karimalardan birida shunday deb marhamat etiladi: 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling