Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
«(Sizlarni Ka’badan to‘sganlari sababli) biron qavmni yomon ko‘rishingiz
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
«(Sizlarni Ka’badan to‘sganlari sababli) biron qavmni yomon ko‘rishingiz
haddingizdan oshishingizga tortmasin! Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz!» (Moida, 2). Demak, «dunyo mazlum xalqlari uchun qasos» kabi shiorlar ostida boshqa millatdagi begunoh, tinch odamlarga qarshi terrorchilik harakati sodir etadigan kimsalarning Islomga ham, Qur’onga ham hech qanday aloqasi yo‘q. Bu o‘rinda yana bir holatni ta’kidlab o‘tish lozim: G‘arb mamlakatlari tomonidan mustamlaka qilingan o‘lkalarda, jumladan musulmonlarga qarshi qo‘llanilgan jabr-zulm va zo‘ravonliklarda hozirgi G‘arbning umuman aybi yo‘q. Bu siyosat XIX-XX asrlarda G‘arb mamlakatlarini qamrab olgan moddiyunchilik, dahriylik mafkurasi va uning oqimlari ta’sirida olib borilgan. Ovrupo mustamlakachiligi nasroniylik axloqidan paydo bo‘lishi mumkin emasdi. Yo‘q, u nasroniylik qadriyatlariga qarshi otilib chiqqan xudosizlik oqibati edi va o‘zining XIX-XX asrdagi musulmonlarga qarshi vahshiyliklarini sotsial-darvinchilik mafkurasi yordamida amalga oshirdi. G‘arb olamida hamon yashab kelayotgan shafqatsiz, buzg‘unchi va ig‘vogarona kuchlar bilan bir qatorda tinchlikparvar, beg‘araz, xolis niyatli, adolat uchun kurashadigan va eng avvalo nasroniylik etikasiga amal qiladigan kuchlar ham mavjud. Aslida, hozirgi dunyoda kuzatilayotgan qarashlardagi asosiy g‘oyaviy ixtilof G‘arb va Islom dunyosi o‘rtasida emas, balki xudosizlar (moddiyunchilar, ateistlar, darvinchilar va boshqalar) bilan ham G‘arbdagi, ham Islom dunyosidagi haqiqiy iymon egalari o‘rtasidadir. Bu yerda yana shuni eslatish lozimki, Islom faqat u yoki bu alohida millat yoki jo‘g‘rofiy hududga xos bo‘lgan ta’limot emas. Islom – butun insoniyat uchun hidoyat yo‘li sifatida Buyuk Xoliqimiz tomonidan nozil qilingan oxirgi ilohiy dindir. Islom zaminimizdagi barcha insonlarga murojaat qiladi. Musulmonlar haq dinni va o‘zlari e’tiqod qo‘ygan diniy ta’limotni barcha millat va madaniyatdagi odamlarga yetkazish va shu orqali ularning qalblarida samimiylik va Islomning asl qadriyatlarini anglashga intilish hissini uyg‘otishga Parvardigorlari oldida mas’uldirlar. Demak, «din nomi bilan» terrorchilik aktlariga qo‘l urayotgan, mustabid tuzumlarni o‘rnatayotgan va bu dunyoda jabr-kulfat tarqatayotgan odamlar va guruhlarga qarshi turishning faqatgina birgina usuli bor ekan: u ham bo‘lsa hayotda haqiqiy Islomga e’tiqod qilish, u haqda gapirish, unga da’vat qilishdir. Toki, odamlar o‘z ixtiyorlari ila uni anglab yetib, hayotlarida dasturulamal qilib tanlab olsinlar. Terrorchilarning psixologik usullaridan biri - tasodifiy nishonlarni tanlashdir. Nishonni hech qanday tahlilsiz, o‘ylab-netmay tanlash butun jamiyatda vahima va qo‘rquv, parokandalik paydo qiladi. Chunki birorta odam o‘zini bexatar, bexavotir his qilolmaydi. Hech kim o‘z himoyasi uchun hech narsa qila olmaydi. Chunki torrorchining o‘z qoidalari bor: u qurbonini hech bir mulohazasiz, xohlagan vaqtida va istagan joyida tanlaydi, bu esa siyosiy terrorchilik aktlarining oldindan aytib bo‘lmasligiga va mantiqsizligiga olib keladi.
Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling