Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li – diniga donolik-hikmat va
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- U zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur»
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li – diniga donolik-hikmat va
chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning O‘zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilur va U zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur» (Nahl, 125). Terror psixologiyasi va usullari «Terror» tushunchasi juda ko‘p ma’nolarni o‘zida qamrab olgan. Bugun bu so‘z faqat odatda radikal mafkurali guruhlar olib borayotgan qurolli kurashga nisbatan ishlatilyapti. Biroq «terror»ning to‘la ma’nosi odamlar hayotiga xavf tug‘diruvchi miqyosda qo‘rqitish, vahimaga solish, kishilar hayotini batamom qamrab oluvchi qo‘rquv va zo‘ravonlik muhitini yaratishni anglatadi. Terror deganda terrorchilar xohlagan fikrlar va hayot tarzi, o‘zlari nazarda tutgan xulqni jamiyatga majburan singdirish maqsadida kishilarni ommaviy tarzda va muntazam dahshatga solish, odamlarda qo‘rquv tug‘diradigan har qanday zulm va zo‘ravonlikni amalga oshirish nazarda tutiladi. Biroq, har qanday holatda ham hech bir gunohi yo‘q, tinch odamlar bevosita yoki bilvosita terrorchilik aktlarining nishoniga aylanadi. Terrorchilik tashkilotlari xalq ommasini o‘z safiga tortish uchun qo‘rqitish vositasidan foydalanadilar. Ular qo‘rquv muhiti yordamida o‘zlarining jamiyatga ta’sir kuchini ko‘paytirishni va shu yo‘l bilan xalqning yoki ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashiga erishishni ko‘zlaydilar. Terrorning bu turi «so‘l» terror sifatida nom chiqargan. Lekin yakkahokim rejimlar olib borayotgan uchinchi dunyo mamlakatlarining terrori ham mavjud. Aslida yakkahokimlik (diktatorlik) «so‘l» terror mantiqining keng miqyosda qo‘llanilishidan boshqa narsa emas. Hukmron rejim yoki diktator boshqaruvning repressiv usullari bilan farqlanadi va hokimiyatdan faqat o‘z foydasi yo‘lida foydalanadi. Shu sababga ko‘ra rejim jamiyatdagi turli muxolif tuzilmalar bilan doimiy ixtilofda bo‘ladi. Ana shunday sharoitda diktatorlik rejimi o‘zining muxolifatdan ustunligini isbotlash uchun o‘sha shaklning o‘ziga muvofiq harakat qiladi, ya’ni fuqarolarini qo‘rquvga solish va shu orqali ularga ta’sirini o‘tkazish maqsadida terrordan foydalanadi. Mafkuralarini himoya qilish uchun terrorchi tashkilotlar o‘zlaricha adolatsiz va shafqatsiz deb hisoblagan rejim va hukmdorlarni yo‘qotish, xalqqa baxtliroq va adolatliroq hayotni hadya etishni maqsad qilib olishgan. Vaholanki, bunday yo‘l tutish g‘irt bema’nilikdir. Alloh taolo bunday qilayotganlar qattiq adashuvda ekanlari haqida ogohlantirib qo‘ygan:
Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling