Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


«Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

«Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh 

qiluvchilarmiz», deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, 

lekin o‘zlari buni sezmaydilar» (Baqara, 11-12). 

Mutlaqo turlicha maqsadlarni ko‘zlagan terrorchilar gohi-gohida har ikki tomonning 

manfaatlarini ta’minlashga yordam beradigan qandaydir ittifoqlarga birlashib ham 

turishadi. Terror mantiqiga suyanganlar odamlarni o‘ldirishdan ma’lum «foydani» ko‘zlab 

qo‘lga qurol olishadi, chunki bu kimsalar uchun muqaddas narsaning o‘zi yo‘q. 

Odam o‘ldirish terrorchilar uchun «hayot tarzi»ga aylanib qoladi. Ular tariqcha rahm-

shafqat qilmay va vijdoni azoblanmay tinch aholini o‘qqa tutishi, bolalar o‘yinchog‘iga 

bomba joylab qo‘yishi mumkin. Ular insonlik qiyofasini yo‘qotib, vahshiy va qonxo‘r 




Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

27

maxluqlarga aylanib qolishadi. Agar tuyqusdan terrorchilar safida qurbonlardan 



birontasiga jinday rahmi kelgan odam paydo bo‘lib qolsa, ular o‘sha odamni shu zahoti 

yo‘q qiladilar yoki qo‘rqoq va sotqin sifatida saflaridan siqib chiqaradilar. Terrorchi 

guruhlar ko‘pincha bir-birlariga ham hujum qilib qoladi. Ular o‘z saflaridagi guruhlarga 

qarshi «qonli tozalov» jarayonlarini ham amalga oshirib turishadi. 

Terrorchilik qon to‘kishning shaytoniy usulidan o‘zga narsa emas. Terrorni qo‘llab-

quvvatlaydiganlar yoki terrorchilarning vahshiyligi va yovuzligiga xayrixohlikka da’vat 

etadiganlar ana shu iblis malaylariga xizmat qilgan bo‘ladilar. Terrorchilarning diniy 

tushunchalar va diniy ta’limotdan foydalanishlari hech kimni chalg‘itmasligi kerak. «Din 

xizmatchilari» rutbasidagi terrorchilar esa gunohi kabirani qilgan bo‘ladilar, ular Alloh 

taolo yo‘l qo‘ygan had-chegaralarni buzgan hisoblanadilar, Parvardigor nomini niqob 

qilib, zulm va qon to‘kilishiga sabab bo‘ladilar. 

Terror va din bir-biriga tubdan zid tushunchalardir. Terrorchilik zulm, qotillik, urushlar

odamlarning jabr-sitam ko‘rishi va xo‘rlanishini o‘ziga maqsad qilib olgan. Bularning 

hammasi Qur’onda ulkan buzg‘unchilik hisoblanadi. Alloh taolo mo‘minlarga tinchlik va 

adolat o‘rnatishni, yaxshilik qilishni va odamlar orasini isloh etishni buyuradi. Alloh taolo 

zulm-zo‘ravonlikni va yer yuzida buzg‘unchilik qilishni ta’qiqlagan. Parvardigor o‘zining 

amr farmonlaridan bo‘yin tovlagan kimsalarni la’natlaydi: 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling