Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Aksilyahudiylik (antisemitizm) Islomga zid bo‘lgan irqchilik shaklidir
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
Aksilyahudiylik (antisemitizm) Islomga zid bo‘lgan irqchilik shaklidir
Aksilyahudiylik (antisemitizm) yoki yahudiylarga nafrat va dushmanlik bugungi kunda butun yer yuzidagi odamlarning hayotiga, tinchlik va xavfsizligiga xavf solayotgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Antisemitchilik XX asrda insoniyatga juda ko‘p kulfat va g‘am-alam keltirdi. Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlarning yahudiylarga qarshi qilgan zo‘ravonligi va ommaviy qatag‘oni miqyosi va g‘ayriinsoniyligiga ko‘ra o‘tgan asrimizning eng dahshatli va sharmandali hodisalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga ko‘pgina mamlakatlarning diktator irqchi rejimlari yahudiylarni kamsitganlar va xo‘rlaganlar. Fashizm yo‘nalishidagi tashkilotlar, taassufki, yahudiylarga shafqatsizlarcha hujumni hozir ham davom ettirmoqdalar. Musulmonlar bu muammoga qanday munosabatda bo‘lishlari kerak? Javob faqat bitta bo‘lishi mumkin: Har bir chin musulmon antisemitchilikning g‘ayriinsoniy mafkurasi va irqchilikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishi, bunda xoh yahudiy yoki boshqa xalq vakili bo‘lsin, kamsitish va zulmga duchor bo‘lgan har bir kishining manfaatini himoya qilishi kerak. Alloh taoloning amr-farmonlarini bajaruvchi musulmon Isroilda yoki biron o‘zga joyda yashayotgan har bir yahudiyning diniy e’tiqod erkinligi, diniy marosimlarni bemalol ijro etishi, barcha shaxsiy huquq va erkinliklarini tan olishi va himoya qilishi zarur. Bugun musulmonlar Isroil hukmron doiralarining shafqatsiz, tajovuzkor, bosqinchilik siyosatini mutlaqo haqli ravishda qoralamoqdalar. Ammo sionistlar aybining jabrini tinch aholi, yahudiylar, jumladan Isroil fuqarolari tortmasliklari kerak. Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi 31 Butun bir xalqqa nisbatan ayblovlar va nohaq xulosalardan qochish, yaxshi bilan yomonni, mustabid bilan begunoh xalqni farqlashning muhimligi Qur’oni karimda alohida ta’kidlangan. Parvardigor mo‘minlarga o‘zining amrlarini buzgan va o‘zgartirgan ayrim yahudiy va nasroniylarning adashuvi va gunohini ko‘rsatib beradi hamda Allohga e’tiqodini saqlab qolgan boshqa yahudiy va nasroniylarning yaxshi ahloqi haqida ma’lum qiladi:
Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling