Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
«(Ahli kitobning hammasi ham) barobar emas. Ahli kitob orasida sajda qilgan
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
«(Ahli kitobning hammasi ham) barobar emas. Ahli kitob orasida sajda qilgan
holda tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri yo‘ldagi kishilar ham bor. (O‘sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga shoshiladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandirlar. Ular qilgan biron yaxshilik berkitilmaydi (ya’ni zoe bo‘lmaydi). Alloh taqvodorlarni bilguvchidir». (Oli Imron, 113 - 115). Shuning uchun musulmon sifatida bizning Isroilning bosqinchilik siyosati va davlat terroriga javobimiz antisemitchilikka hech qanaqasiga aloqador emas. Musulmonlar irqchilikning bir ko‘rinishi sifatida Isroilning rasmiy mafkurasiga aylangan sionizmni qat’iy qoralaydilar. Biz ham ana shu sababga ko‘ra antisemitchilikni qoralaymiz. Antisemitchilik aslida majusiylikning, butparastlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, u birorta ham chin mo‘min tomonidan qabul qilinishi mumkin emas. Antisemitchilik mafkurasiga amal qilayotganlar Alloh taolo tomonidan elchi qilib tanlab olingan va Haq dinda bo‘lgan ulug‘ payg‘ambarlar Ibrohim alayhissalom, Muso alayhissalom, Dovud alayhissalomlarga ham o‘zini dushman deb tan olishi kerak. Antisemitchilik misol uchun qora tanli odamga irqiy dushmanlik kabi irqchilikning boshqa shakllariga o‘xshab turli butparastlik, majusiylik oqimlari va xurofotlar tufayli yuzaga kelgan ochiq-oydin bid’atdir. Umuman antisemitchilik va irqchilik hodisalarini chuqurroq o‘rganishdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bu g‘oyaviy oqimlar Qur’on da’vatiga mutlaqo xilof, zid bo‘lgan fikrlash tarzi va hayot modelini jamiyatga targ‘ib qiladi. Antisemitchilik hodisasi zaminida nafrat, zulm, zo‘ravonlik, shafqatsizlik tuyg‘ulari yashiringan bo‘ladi. Antisemitning yovuzlarcha, johillarcha g‘azabnok quturishi qotillikni va hech qanday gunohi bo‘lmagan yahudiylar (qariyalar, xotin-qizlar, bolalar)ga zulm-zo‘ravonlik qilishni «oqlashga» qodir. Vaholangki, Qur’oni karim da’vati kishilarni sevgiga, rahm-shafqatli bo‘lishga, mehribonlik ko‘rsatishga o‘rgatadi, musulmonlarni barcha kishilarga ham, hattoki o‘zlariga nisbatan haqsizlik qilganlarga ham adolat va mehr-shafqat ko‘rsatishga buyuradi. Ikkinchi tomondan, antisemitchilar va irqchilar turli etnik yoki diniy guruhdagi odamlarning tinch-totuvlikda yashashiga jon-jahdlari bilan qarshilik qiladilar. (Nemis natsistlari va yahudiy sionistlarining nemislar va yahudiylarning tinch-totuv yashashiga qarshi chiqqanligi bunga misol bo‘lib xizmat qiladi, ular nazdida bu omil go‘yo o‘z irqlarining aynishi va inqiroziga sabab bo‘larmish). Biroq Islom, avvalda eslatib o‘tilganidek, odamlarni ana shunday ajratishni mutlaqo qabul qilmaydi. Qur’oni karim mo‘minlarni diniy e’tiqodi va millatidan qat’iy nazar barcha odamlar bilan tinchlik- xotirjamlikda yashashlarini rag‘batlantiradi:
Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling