«Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va
mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va
payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning
payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz». Va «eshitdik va itoat
etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat
O‘zingga qaytajakmiz», dedilar» (Baqara, 285).
Ahli kitoblar va musulmonlar faqat dindagina emas, balki axloqda ham yakdildirlar. Ko‘p
mamlakatlarda fohishabozlik, besoqolbozlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaning vayron
bo‘lishi, axloqsizlik va xudosizlik, shafqatsizlik va poraxo‘rlik, xudbinlik kabi illatlar urchib
yotgan hozirgi bir paytda Ahli kitoblar va musulmonlar Buyuk Yaratuvchi ato etgan
mushtarak fazilatlar: halollik, sha’n-izzat, sadoqat, birodarlik, kamtarlik, fidoyilik,
samimiylik, rahm-shafqat, yaqinlariga cheksiz muhabbat, vatanparvarlik kabilarga amal
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |