Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
ilohingiz ham Bir (Iloh)dir va bizlar Ungagina bo‘yinsunguvchimiz» (Ankabut,
46).
Uchala dinga e’tiqod qiluvchilar:
– koinot va yerdagi barcha mavjudotlarning Xoliqiga, O‘zi
yaratgan hamma narsa
ustidan cheklanmagan hukmi o‘tadigan Yagona Ilohga sig‘inadilar;
– Ulug‘ Parvardigor o‘z mo‘’jizasi bilan yer yuzidagi barcha jonzotlarni va insonlarni
yaratganiga, inson Parvardigori ato etgan ruh sohibi ekaniga iymon keltiradilar;
– o‘lgandan keyin oxirat dunyosida qayta tirilish borligiga ishonadilar. Do‘zax va
jannatga, farishtalarga, taqdiri Parvardigor tomonidan oldindan belgilab qo‘yilganiga
iymon keltiradilar;
– Alloh taolo fazilatli payg‘ambarlar: Muhammad alayhissalom, Iso alayhissalom, Muso
alayhissalomlar bilan bir qatorda insonlarga ko‘plab payg‘ambarlarni, shu jumladan Nuh,
Ibrohim, Ishoq, Yusuf, Dovudlarni yuborganiga ishonadilar, ularni barobariga hurmat
qiladilar va sevadilar.
Qur’oni karim oyatlaridan birida musulmonlarning Ulug‘ Parvardigor tomonidan
yuborilgan payg‘ambarlardan hech birini ajratib qo‘ymasliklari buyuriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: