Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc
Ahli kitoblar va musulmonlarning umumiy dushmanlari
Download 232.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi
Ahli kitoblar va musulmonlarning umumiy dushmanlari
Hozirgi zamonda musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar birligini mustahkamlaydigan yana bir muhim omil bor. Bu odamlar qalbida dahriylik tufayli paydo bo‘ladigan va ta’sirini tinmay kuchaytirib borayotgan xudosizlik, xudobexabar mafkuralar hamda ularning asoratlaridir. Moddiyunchilik, kommunizm, neofashizm, anarxiya, irqchilik, milliy mahdudlik, sub’ektiv idealizm, ashaddiy jangovor ateizm kishilarni haqdan adashtiruvchi ekani yaxshi ma’lum. So‘nggi ikki asr davomida jamiyat ongiga yoppasiga singdirilgan bu buzuq va soxta aqida-maslaklar shunga olib keldiki, juda ko‘p kishilar iymon-e’tiqodni yo‘qotib, johillik hamda bid’at botqog‘iga botdilar. Buning ustiga ana shu mafkuralar xalqlar, mamlakatlar va hazoralar o‘rtasida behisob falokatlar, to‘qnashuvlar, qonli urushlarni keltirib chiqardi va bu dunyoga cheksiz og‘ir kulfatlar hamda g‘am-tashvish olib keldi. Hozir insoniyat boshidan kechirayotgan umidsizlik, sarosima va hayot mazmunining batamom yo‘qolishi ko‘p jihatdan ana shu mafkuralarning targ‘ibot va tashviqoti natijasidir. Yuqorida tilga olingan mafkuralar Allohning yaratuvchiligi to‘g‘risidagi haqiqatini inkor
Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo
www.ziyouz.com kutubxonasi 30 qilib, o‘z da’volarini barcha aksilxudo falsafalar va mafkuralarning «ilmiy» asosi hisoblanmish Darvinning tadrijiy (evolyutsiya) nazariyasi bilan xaspo‘shlaydilar. Chunki tadrijiylik nazariyasi tarafdorlari hanuzgacha «Yer yuzidagi barcha jonli mavjudot, shu jumladan inson ham tasodifiy mos kelishlar zanjiri tufayli paydo bo‘lgan va kuchli kuchsizni yo‘q qiladigan hayot uchun tinimsiz kurash natijasida tadrijiy rivojlanib borgan» deb tasdiqlab kelishyapti. Shu tariqa darvinchilik inson ongiga quyidagi aqidani singdiradi: «Sen hech kim oldida javobgar emassan, sening hayoting faqat tasodifga bog‘liq, sen berahm bo‘lishing va omon qolish uchun to‘xtovsiz kurash olib borishing kerak, zarur bo‘lganda yo‘lingdan chiqib qolganni ham yo‘qotishing zarur, bu dunyo abadiy ixtilof va kurash dunyosidir». Axloqni bunday tushunish odamlarni xudbinlikka, ochko‘zlikka, boylik izlash hirsiga, berahmlik va shafqatsizlikka olib keldi. Kishilar qalbida rahm-shafqat, ezgulik va samimiyatni to‘la yo‘qotib, bunday ahvolni «tabiatning muqarrar qonunlari» bilan oqlamoqchi bo‘ldi. Bunday darvincha tashviqot shubhasiz ahli kitoblarning e’tiqodi hamda Qur’on ko‘rsatmalariga butunlay ziddir. Darvincha o‘gitlar ana shu uchala diniy ta’limotning printsiplariga zid keladigan va ularni inkor etadigan oqimlar silsilasini yaratdi. Yagona Xudoga e’tiqod qiluvchi va Yaratuvchi bergan mukammal axloqqa amal qiluvchi barcha ahli kitoblar va musulmonlar ana shu xavf oldida qo‘lni qo‘lga berib, birlashib, darvinchilikning yolg‘on aqida ekani, uning hech qanday ilmiy asosi yo‘qligi, lekin faqat moddiyunchilik g‘oyalarining mavjudligi tufayli yashovchanligini yo‘qotmaganini butun dunyoga baralla aytishlari kerak. Biz iymonsizlik va xudosizlikdan kelib chiqqan hamda dunyoni axloqan chirishga olib kelayotgan yuqoridagi buzg‘unchi mafkuralar (kommunizm, fashizm, irqchilik)ning hammasiga qarshi, birgalikda g‘oyaviy kurash olib borishimiz kerak. Faqat shundagina dunyo tezda yana tinchlik, osoyishtalik va adolatga erishadi. Download 232.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling