Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil –


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil – 

bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson Qiyomat kunida) mas’ul bo‘lur» 

(Al-Isro, 36). 



Mutaassiblik – terrorchilikga olib boruvchi yo‘l 

Yuqorida qayd etib o‘tilgan tarixiy misollar ommaviy axborot vositalari tomonidan tez-tez 

tilga olinib turiladigan «Islom terrorchiligi» degan tushunchaning to‘la bema’niligini va 

asossizligini anglashda juda muhimdir. Bugun Islom dini nomidan o‘zining vahshiyona 

ishlarini qilayotganlar ham, ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham musulmon 

hisoblanmaydi. Ular Allohning Kalomi - Qur’oni karimda eslatib o‘tilgan johil va 

shafqatsiz sahroiylar kabi Islom dini mohiyatini tushunmaydilar, tinchlik, rahm-shafqat 

va adolat dinini o‘zlarining johilliklari tufayli yuzaga kelgan yovuzlik quroliga 

aylantirishga urinmoqdalar. Ayrim mutaxassislar ushbu qahhorona va qotilona kayfiyatni 

o‘z vaqtida Ovrupo mamlakatlari tomonidan olib borilgan mustamlaka siyosatining 

natijalardan biri deb baholamoqdalar.  

Musulmon mamlakatlarining rivojlangan Ovrupo tomonidan mustamlakaga aylantirilgan 

“uchinchi dunyo” olami a’zolari bilan bir qatorda uzoq yillar zulm va haqsizlikka duchor 

bo‘lganliklari haqiqat ekanligini ko‘pchilik e’tirof etadi. Buning ustiga “qora oltin” va gaz 

konlari uchun, geoistiqbol va geosiyosat maqsadlarida olib borilayotgan olamshumul 

kurashlar, jumladan Falastin-Isroil muammolari millionlab musulmon va musulmon 

bo‘lmagan kimsalarni o‘z domiga hamon tortib turganligi hech kimga sir emas. Biroq bu 

hayotiy sinovlar musulmonlar tomonidan Qur’oni karim amr-farmonlariga binoan qabul 




Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

etilishi va baho berilishi zarur. Alloh taolo Qur’oni karimda «zulmga zulm bilan» javob 



berishga yo‘l qo‘ymagan va musulmonlarni bu haqda ogohlantirgan: 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling