Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


Terrorchilikda olomon psixologiyasi


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Terrorchilikda olomon psixologiyasi 

Terrorchilardagi yana bir muhim xususiyat olomon psixologiyasi va kayfiyatidir. Olomon 

yoki to‘da uni tashkil etuvchi kishilarning barcha shaxsiy sifatlarini, fikr va maqsadlarini 



Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

22

yutib, yo‘q qilib yuboradi. To‘dada bitta umumiy maqsad bo‘ladi. Olomon psixologiyasi 



ta’siri ostida harakat qiluvchi odamlar o‘z irodasidan, aql-idrokidan mosuvo bo‘ladilar, 

yolg‘iz holatda qilolmaydigan ishlargagina qodir bo‘lib qoladilar. Jahonning ko‘pgina 

mamlakatlaridagi terrorchi guruhlar johil, nodon va irodasiz, hatto u yoki bu jinoyatni 

nima maqsadda qilayotganini ham anglamaydigan odamlardan tuziladi. Hissiy jazavaga 

qul bo‘lgan, olomon va jo‘n shiorlar ta’siriga tushib qolgan bu kimsalar ommaviy 

yovuzlik komiga tortilib, o‘z xatti-harakatlarini idora qila olmay qoladilar. Vaholangki, 

ularda iroda bo‘lganida yovuzlikka qo‘l urmagan bo‘lardilar. Bir qaraganda tuppa-tuzik 

ko‘rinadigan ushbu kimsalar bir zumda qonxo‘r qotillarga, tajovuzkor namoyishchilarga 

va nihoyat har qanday vahshiyona ishlarga qodir bo‘lgan terrorchilarga aylanishlari 

mumkin. Bunday inson kundalik hayotda, yolg‘iz o‘zi bo‘lganida, mutlaqo yuvvosh va 

beozor tuyuladi, ammo terrorchi guruh tarkibida u boshqalarga qo‘shilib uylarga o‘t 

qo‘yishi, hech bir sababsiz o‘zgalarga hujum qilishi, talonchilik yoki tinch odamlarni 

ommaviy o‘ldirishda qatnashishi mumkin. U o‘ylab ham o‘tirmay o‘z joniga qasd qilishi 

ham mumkin. Terrorchi to‘da ichiga tushib qolgan kimsa olomon ruhiyati tushgach, hech 

bir mushohadasiz, berilgan buyruqni beixtiyor bajaraveradi. 

Terrorchilik faoliyatida qatnashayotganlarning aksariyati - o‘z irodasi va vijdonidan 

mahrum bo‘lgan odamlardir. Ular olomon psixologiyasiga singib ketishgan va o‘ziga xos 

«poda»ga aylanishgan. Aql-idrok va tafakkur qobiliyati o‘z o‘rnini zo‘ravonlik hamda 

tajovuzga moyillikka, favqulodda qiziqqonlik va o‘jarlikka bo‘shatib bergan. Bunday 

kimsalar fitnalarga osongina beriladilar, bag‘rikenglikdan yiroq bo‘lib, hech qanday 

qonunlarni tan olmaydilar. 

Qur’oni karim kishilarni ogohlantiradiki, ommaning psixologiyasiga ko‘r-ko‘rona 

bo‘ysunish katta gunoh va xato ishdir. Parvardigor insonga aql-idrok va ongni ulardan 

iloji boricha to‘la foydalansin va haqni yolg‘ondan ajrata olsin deb ato etgan: 




Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling