«(Ey Muhammad) Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga
(sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz. Agar qo‘pol, qattiq dil
bo‘lganingizda edi, albatta, ular atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar» (Oli
Imron, 159).
Murosasiz, keskin yo‘l tutish, qiziqqonlik qilish radikalizmning alohida
xususiyatlaridandir. Xulq-atvorning bu ko‘rinishini barcha radikal kuchlarning nutqlarida,
matnlarida va namoyishlarida kuzatish mumkin. Ayni paytda g‘azab va shafqatsizlik
Parvardigor ta’qiqlagan xulq qirralaridir. Musulmonlarning ruhiy sifatlarini bayon
etarkan, Alloh taolo marhamat etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |