Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, qonunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchiga jinoyat 
sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlikdan ozod etish uchun 
muayyan shartlar nazarda tutilgan. 
ikkinchidan, qonunda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan 
ishtirokchilar doirasi chegaralangan, ya’ni faqatgina dalolatchi, 
tashkilotchi va yordamchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
uchinchidan, ular tomonidan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytib, 
jinoyatning oldindani olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralar 
ko‘rilgan bo‘lishi zarur. 
 
 
5.Tamom bo‘lgan jinoyat 
Jinoyatni tamom bo‘lgan deb topish uchun, Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismi tegishli moddasida nazarda tutilgan aniq bir jinoyatning barcha 
belgilari (obyekt, obyektiv tomon, sub’yekt, subyektiv tomon) sodir 
etilgan bo‘lishi lozim. Moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan obyektiv 
tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki ehtiyotsizlik) 
to‘liq mavjud bo‘lganda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi.
Jinoyatning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash uchun har bir holatda 
uning tugallangan vaqtini bilish lozim. Bu jinoyat qonunida belgilangan 
aniq bir jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan oqibat kelib chiqqan 
bo‘lishi lozim. Ba’zi bir jinoyatlarda uning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash 
qiyin. Jinoyat belgisini tashkil qiluvchi oqibatning kelib chiqqanligi va 
aybdorning qasdi ayni shu oqibatni keltirib chiqarishga qaratilganligi 
e’tiborga olinadi. Agar qasd qilingan oqibatdan boshqa oqibat kelib 
chiqqan bo‘lsa (masalan, shaxs qasddan odam o‘ldirish maqsadida jinoyat 
sodir etsa, ammo badanga og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holatda jinoyat 
sodir etishga suiqasd bo‘ladi. 


216
Formal tarkibli jinoyatlar uchun esa, jinoiy oqibat yuz bergan yoki 
yuz bermaganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida 
nazarda tutilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom 
bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, haqorat qilish jinoyatida shaxsning sha’ni, 
qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilgan vaqtdan boshlab 
jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Ba’zi jinoyatlarda oqibatning yuz berishi bilan emas, balki shunday 
oqibatning yuz berish xavfi ostida qoldirish bilan jinoyat tamom bo‘lgan 
hisoblanadi. Masalan, tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish jinoyatida 
bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida 
qoldirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi(Jinoyat 
kodeksi 113-modda, 1-qism). 
Ba’zan qilmishning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligiga qarab, jinoiy 
guruhni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, jinoyat xuddi shu narsa tashkil 
etilgan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, jinoiy 
uyushma tashkil etish(Jinoyat kodeksi 242-modda). Bu qilmish jinoiy 
uyushma yoki uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, 
shuningdek,, uning mavjud bo‘lishi va ishlab turishiga qaratilgan faoliyatni 
amalga oshirish bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyat huquqida 
bunday jinoyatlar kesik tarkibli jinoyat deb yuritiladi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lish, ya’ni shaxsning o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni fosh etishga 
yordamlashgan faol xatti-harakatidan farqlay 
olish lozim: 
Birinchidan, bu ikki tushuncha bir-biridan yuridik tabiatiga ko‘ra 
farq qiladi. Ya’ni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda jinoyatning 
ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik va jazoga sazovorlik belgilari mavjud 
emasligi sababli jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri 
hisoblanadi.
Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyatning barcha 
belgilariga ega bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) jazoni 
yengillashtiruvchi holat(Jinoyat kodeksi, 55-modda, 1-qismi); b) shaxsni 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos(Jinoyat kodeksi, 66-modda); 
v) shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos(Jinoyat kodeksi,71-
modda). 
Ikkinchidan, ixtiyoriy qaytish jinoyat tamom bo‘lgunga qadar amalga 
oshirilishi mumkin, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyat sodir 
etilganidan keyingi xulq-atvor hisoblanadi. 


217
Uchinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ham passiv
ham aktiv shaklda sodir etilishi mumkin. Chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lish esa faqat aktiv harakat orqali sodir etiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling