2
67.408ya73
R92
Davlatimiz tomonidan hozirgi kunda sud-huquq islohotlari
olib borilayotgan
bir vaqtda jinoyat qonunchiligi ham tobora takomillashib, rivojlanib bormoqda.
Jumladan, sud-huquq tizimining liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat
kodeksiga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilyapti. Shu munosabat
bilan ushbu darslik
tayyorlanib, u jinoyat huquqining umumiy qoidalari; jinoyat tushunchasi;
jinoiy
javobgarlik va uning asoslari; jinoyat tarkibi va uning elementlari;
jinoyatda
ishtirokchilik tushunchasi, turlari va shakllari; jinoyat
sodir qilish bosqichlari;
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar; jazo tizimi va turlari; jazo
tayinlashning
umumiy asoslari; jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish turlari;
sudlanganlik va uning oqibatlari; voyaga yetmaganlarga
jazo tayinlash; tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari va jinoyat huquqining boshqa institutlarini o‘z ichiga
olgan.
Ushbu darslik huquqshunoslik bilim yurtlari bakalavriatlariga,
ilmiy tadqiqot
ishlari olib boruvchilarga va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga
mo‘ljallangan.
Taqrizchi: Q. MIRZAJONOV–yuridik fanlari
doktori, professor.
ISBN
1542–2255–8
©
M.
H.
Rustamboyev, 2005-y.
© «ILM-ZIYO» nashriyot uyi, 2005-y.