Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyat huquqining tartibga solish metod
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat huquqining tartibga solish metodlari Tartibga solish metodi Muhofaza qilish metodi
3. Jinoyat huquqining tartibga solish metod (uslublari)lari Huquq nazariyasiga ko‘ra, huquq sohalari bir-biridan tartibga solish predmeti va metodlariga ko‘ra farqlanadi. Huquq sohasining tartibga solish predmeti o‘z navbatida tartibga solish metod (uslub)larini belgilaydi. Xususan, jinoyat huquqi metodlari jinoyat huquqi predmetidan kelib chiqadi. Jinoyat huquqi predmeti jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni bildirsa, jinoyat huquqi metodlari ushbu ijtimoiy munosabatlar qanday usullar bilan tartibga solinishini anglatadi. Jinoyat-huquqiy tartibga solish metod(uslub)lari deganda jinoyat huquqining predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlari bilan jinoyat- huquqiy ta’sir etish usul va uslublari yig‘indisi tushuniladi. Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodi jinoyat qonunchiligida ko‘rsatilgan choralarni qo‘llash bilan qo‘rqitish, jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini qo‘llashda ifodalanadi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi jinoyat-huquqiy tartibga solishning asosini tashkil etib, o‘z navbatida jamiyat va davlat 1 Разгильдяев Б.Т. "Задачи Уголовного права Российской Федерации и их реализация" Саратов, 1993. - С. 4,5 Jinoyat huquqining tartibga solish metodlari Tartibga solish metodi Muhofaza qilish metodi 11 manfaatlarini himoya qilgan holda jamiyat va uning a’zolari ijtimoiy xavfsizligi hamda huquq-tartibotni ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda jinoyat huquqi metodlariga jinoyat huquqi normalarining tarkibi (dispozitsiya, sanksiya) turlicha ta’sir etadi. Jinoyatchini jinoyat huquqi normalaridagi sanksiya qiziqtirsa, surishtiruv va tergov organlari uchun jinoyat huquqi normalari dispozitsiyasi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Sudlar uchun esa moddaning dispozitsiya va sanksiyasi jazo tayinlashda ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi formulani keltirib chiqarish mumkin: "Jinoyat sodir etildimi, jinoyat-huquqiy mexanizm o‘zining tartibga solish funksiyasini to‘liq bajarishi kerak". Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodi sifatida jinoiy javobgarlik shaxslarning xatti-harakatiga ta’sir etishning ikki: salbiy va ijobiy jihatini o‘z ichiga oladi. Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodining salbiy jihati shaxsning xatti-harakatlarini jinoyat deb baholash bilan bog‘liq bo‘lib, shaxs jinoyat sodir etishi bilan unga ta’sir etishda ifodalanadi. Bunday holatlarda shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, uni hukm qilish va unga jazo tayinlash masalasi hal etiladi. Ijobiy jihat esa shaxsning xatti-harakatlarini ijobiy (qonuniy) deb baholash bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning obyektiv zarurat tufayli vujudga kelgan ijtimoiy foydali xatti-harakatlariga ta’sir etishda ifodalanadi. 1 Demak, jinoyat huquqi huquq sohasi sifatida o‘zining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarga tartibga soluvchi metodi orqali ta’sir etadi. Jinoyat huquqiy tartibga solishning bunday metodi (usuli) jinoyat deb hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy vositalarini qo‘llashda ifodalanadi. Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi ushbu huquq sohasining majburiy ta’sir etish metodi orqali amalga oshiriladi. Bunday metodlar adolatni o‘rnatish maqsadida jinoyatchilarga qonunda ko‘rsatilgan majburlov choralarini qo‘llashda ifodalanadi. 2 Demak, jinoyat huquqining huquqiy-tartibga solish metodlarini ikki: 1. Tartibga soluvchi; 2. Muhofaza qiluvchi guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. 1 "Ugolovnoye pravo". Obshaya chast. Uchebnik dlya vuzov. Ovt. red - dok. yurid. nauk, prof. Z.А. Neznamova - М.: Izd. gruppa «Infra-Norma»*М, 1999. - S. 16,17. 2 " Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy yurist, Kno Rus, 1997. - S. 30,31. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling