Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA PREDMETI


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

1-BOB. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA PREDMETI 
 
1. Jinoyat huquqi tushunchasi 
Jinoyat huquqi tushunchasi ikki: qonunchilik sohasi va huquq 
tarmog‘i ma’nosida qo‘llaniladi. Yurisprudensiya, ya’ni yuridik fanlar 
tizimida ham jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o‘rin 
egallagan. Jinoyat huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus 
huquq tarmoqlaridan o‘ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish 
metod(uslub)lari bilan farq qiladi. 
Jinoyat huquqi qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar 
uchun tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi hamda jinoyat sodir 
etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
yuridik normalar tizimidir. 
Jinoyat huquqi huquq tizimining mustaqil huquq tarmog‘i bo‘lib, 
qilmishning jinoyat ekanligini, jinoiy javobgarlikning asoslari va 
chegaralari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni 
belgilovchi Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq 
normalari yig‘indisidir. 
Jinoyat qonunchiligi – Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan 
o‘rnatilgan jinoyat deb hisoblanadigan qilmishlar doirasi, ularni sodir 
etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy 
javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari, shuningdek,, jinoiy javobgarlik 
asoslari va prinsiplarini belgilovchi huquq normalari majmuidan iborat 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimidagi mustaqil 
qonunchilik sohasidir. 
Mustaqil huquq tarmog‘i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli 
ravishda jinoyat huquqi fani davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash 
sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot 
bosqichlari bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek,, 
jinoyat huquqining o‘rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va shu 
kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi 
normalarining majmui sifatida uning tarixini, qo‘llash amaliyotini 
o‘rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib 
borilishini taqozo etadi. 
Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o‘quv intizomi sifatida 
qo‘llanilib, u yuridik o‘quv yurtlaridagi jinoyat huquqi bo‘yicha o‘quv 
materiallari va mavzu rejalarini o‘z ichiga oladi. 



Demak, jinoyat huquqi tushunchasi: huquq tarmog‘i, qonunchilik 
sohasi, yuridik fan va o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilishi mumkin. 
Jinoyat huquqi huquq tarmog‘i sifatida umummajburiylik va 
mustaqillik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
1
Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati shunda namoyon 
bo‘ladiki, shaxs jinoiy qilmish sodir etdimi – u javobgarlikka tortilishi 
kerak. Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsni javobgarlikka 
tortish esa davlat tomonidan majburlov choralari(kuchi)ni qo‘llash orqali 
ta’minlanadi. Jinoyat huquqining bunday xususiyatga egaligi ushbu huquq 
sohasi normalarining imperativligini bildiradi. 
Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati quyidagi ikki omil 
bilan belgilanadi: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling