Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus oldindani olish
Umumiy oldindani olish funksiyasi jinoyat sodir etilmasdan avval
uning oldindani olishga qaratilgan bo‘lib, javobgarlikning mukarrarligi prinsipi, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi haqidagi normalarni o‘rnatish, ya’ni jamiyat a’zolari tomonidan jinoyat sodir etilganida ularni jazolash bilan qo‘rqitish orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya jamiyatdagi barcha shaxslarga qaratilganligi uchun "umumiy oldindani olish" deb ataladi. Maxsus oldindani olish funksiyasi jinoyat sodir etilganidan keyin yangi jinoyat sodir etishni oldindani olishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat huquqiy taqiqlarni buzib jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish hamda unga jazo tayinlash yoki boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bilan jinoyatchi javobgarlikka tortilganida u tomonidan boshqa jinoyat sodir etilishini oldindani olish maqsad qilib qo‘yiladi. Ushbu funksiya faqat jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qaratilganligi uchun "maxsus oldindani olish" deb ataladi. Jinoyat huquqining jinoyatni oldindani olish funksiyasi quyidagi vositalar orqali hal etiladi: 1) jinoyat huquqining umumiy qoidalari; 2) jazo qo‘llashning umumiy va maxsus qoidalari; 3) jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni belgilovchi normalar; 4) jinoyat sodir etganligida chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalar; 5) jinoiy qilmishni istisno qiluvchi holatlarni belgilovchi normalar; 6) ikki yunalishdagi ogohlantiruvchi normalar. 2 U yoki bu qilmishni jinoyat deb e’lon qilish va ularga normalarini sanksiyalaridagi jazoni belgilanishining o‘zi bilan jinoyat qonunchiligi shaxsning ruhiyatiga ta’sir qiladi. qilmishning jinoiyligi va ular uchun jazo 1 " Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy yurist, Kno Rus, 1997. - С. 30. 2 Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 1999. - S. 13., Kuznesova N.F. Profilakticheskaya funksiya ugolovnogo prava zakona"// Ugolovnoye pravo. 1998. № 1/28. - S. 20. 15 tayinlashning to‘g‘riligi jinoyat huquqining umumiy oldindani olish xususiyatini ifodalaydi. Jinoyat huquqining jinoyatni oldindani olish funksiyasini huquqiy muhofaza qilish vositasi bo‘lib jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalarni ham o‘z ichiga oladi. Jinoyat kodeksi 26-moddasiga ko‘ra, shaxs jinoyatga tayyorganlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek, jinoiy okibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday okibat kelib chiqishini oldindani olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Ya’ni jinoyat qonunchiligi jinoiy qilmishni boshlagan va jinoiy okibat kelib chikkunga kadar bunday qilmishni ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan shaxsning "oltin ko‘prik" vazifasini bajaruvchi javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi 66-moddasida aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga binoan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Ikki yunalishdagi ogohlantiruvchi vositalar yordamida og‘ir jinoyatlarning oldindani olish maqsadida jinoyat qonunida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun shart-sharoit yaratuvchi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarning oldindani olishga harakat qilinadi. Masalan, o‘g‘irlangan narsani sotib olish uchun jazo belgilash orqali jinoyat qonunida o‘g‘irlik jinoyati sodir etilishining oldi olinadi. Yoki, shaxsning xayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilganlik uchun jazo belgilash orqali jinoyat qonuni odam o‘ldirish, shaxsga og‘ir va o‘rtacha og‘ir darajadagi shikast yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilishining oldindani oladi. Bunday normalar ikki yunalishdagi yoki ikki obyektli ogoxlantiruvchi normalar deyiladi. Demak, jinoyat huquqining jinoyatni oldindani olish funksiyasi bir necha institut va normalar tizimi orqali hal etilib, ular: a) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik; b) qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilash orqali zarar yetkazilishini oldindani olish; 16 c) boshlangan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishni belgilash orqali jinoiy okibat yuz berishini oldindani olish; d) chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishni belgilash orqali yetkazilgan zararni bartaraf etish; e) jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxslarni jazolash orqali retsidiv jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. 1 Jinoyat huquqining tarbiyaviy funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruxida tarbiyalash vazifasini bajarishga qaratilgan. Bu funksiya fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ularning shaxsi, huquq va erkinliklari qonun bilan ximoya qilinganligiga hamda jinoyat sodir qilgan shaxsning jazolanishi mukarrarligiga ishonch ruhida tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi. Yuqoridagi funksiyalardan tashqari, jinoyat huquqi jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda ko‘maklashadigan fuqarolarni rag‘batlantirish va ularga imtiyozlar berish funksiyasini ham bajaradi. Jinoyat qonunida qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, bunday qilmishi orqali fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini ximoya qilgan shaxslarni rag‘batlantiruvchi maxsus normalar nazarda tutilgan. Masalan, Jinoyat kodeksi Umumiy qismidagi 35-41-moddalar ("qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar"), shuningdek,, Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi ayrim normalar, masalan, 211-modda (pora berish), 212- modda (pora olish-berishda vositachilik qilish), 248-modda (kurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish), 273-modda va hk. Jinoyat kodeksi 211-moddasi 4-qismiga ko‘ra, basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu xakda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling