Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi. Jinoyat kodeksi 2-
moddasiga muvofiq, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan ko‘riqlash vazifasini bajarishga qaratilgan. Jinoyat huquqi o‘zining ushbu vazifasi orqali Jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan obyektlar va ularning muhimligi jihatdan ketma- ketligini belgilab bergan. Ya’ni jinoyat-huquqiy muhofaza obyektlariga: − shaxs, uning huquq va erkinligi; − jamiyat va davlat manfaatlari; − mulk; − tabiiy muxit; − tinchlik; − insoniyat xavfsizligi kiradi. Quyidagilar jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasini hal etish vositalari hisoblanadi: a) jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini o‘rnatish; b) jinoiy qilmishlar chegarasini, ya’ni jinoyat deb hisoblanuvchi qilmishlar doirasini belgilash; c) jinoiy qilmishlar uchun jazo va boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini belgilash. 1 Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: aktiv va passiv. Jinoyat huquqiy muhofaza qilishning passiv yo‘li jinoyat qonunining qabul qilinishi, e’lon qilinishi va kuchga kirishi faktining o‘zi bilan xususiyatlanadi. Bunda jinoyat qonunchiligida belgilangan jinoyatlar doirasi va ular uchun jinoiy javobgarlikning o‘zi bilan jinoyat huquqi muhofaza qiluvchi obyektlarga tajovuz qilinishining oldi olinadi. Aktiv yo‘li jinoyat sodir etilganidan keyin jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan ximoya qilishda ifodalanadi. 1 Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.. - М: Izd. Zersalo, 1999. - S. 12. 14 Jinoyat huquqining oldindani olish funksiyasi orqali ushbu huquq sohasining yangi jinoyatlar sodir etilishini oldindani olish, jinoyat sodir etilishiga yo‘l kuymaslik vazifasi bajariladi. 1 Jinoyat huquqining oldindani olish funksiyasini ikkiga: Umumiy va Maxsus funksiyalarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling