Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
— birinchidan, jabrlanuvchini himoya qilish, uning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash hamda jinoiy qilmish natijasida yetkazilgan zararni qoplash; — ikkinchidan, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni tarbiyalash, uni jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy oqibatni, ya’ni jinoyat tufayli yetkazilgan zararni bartaraf etishga majburlash. 2 Boshqacha qilib aytganda, jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning jinoyat-huquqiy mexanizmi hisoblanib, jamiyatdagi har bir shaxsning xavfsizligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bunday shart- sharoitlarning yetarli darajada bo‘lishi davlatning huquqiy tartibga solish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqining ijtimoiy tartibga solish funksiyasini hamda mavqeini belgilab beradi. Jinoyat huquqining mustaqillik xususiyati uning boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohalaridan ajratilganligini bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi sifatida davlat va jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojlanishiga tajovuz qiluvchi qilmishlarni jinoyat deb topish uchun asos bo‘luvchi belgilar doirasini mustaqil o‘rnata olishida ifodalanadi. Huquq sohasi va o‘quv intizomi sifatida jinoyat huquqining mustaqilligi quyidagi ikki belgi orqali namoyon bo‘ladi: 1) tartibga solish predmeti, ya’ni jinoiy qilmish sodir etilganidan keyin jinoyat sodir etgan shaxs va maxsus vakolatli huquqni muhofaza 1 "Уголовное право. Общая част”. ((Учебник для ВУЗов). Под общ. редакцией доктора юр. наук, проф., З.А.Незнамова) // “Инфра-Норма”, М:.1999, С-3,4. 2 O‘sha yerda. - S-4. 7 qiluvchi organlar orqali davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar; 2) tartibga solish metodi (uslubi), ya’ni huquqbuzarliklarga olib keluvchi qilmishlarni ma’lum bir shaklda jinoyat-huquqiy taqiqlash, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish va jazo tayinlashni belgilash. Bir so‘z bilan aytganda, jinoyat huquqining tartibga solish metodi-jinoyat huquqi predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish usullari va vositalari yig‘indisidan iborat. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib xulosa qilib aytganda, jinoyat huquqi – qilmishning jinoiyligini, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va prinsiplarini, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari majmuidan iborat huquq tizimidagi mustaqil huquq sohasidir. 1 Shu tariqa, jinoyat huquqi keng ma’noda juda murakkab, keskin salbiy ijtimoiy voqelik hisoblangan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi me’yoriy normalar manbai sifatida tushuniladi. Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalaridan mustaqil ekanligi uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan tavsiflanadi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling