Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

- birinchidan, faqat jinoyat huquqigina qilmishning jinoiyligi va jazoga 
loyiqligini, jinoiy javobgarlik asosini, jazo qo‘llash hamda jinoiy 
javobgarlik va jazodan ozod qilishni belgilovchi huquqiy normalar uchun 
yagona qonuniy manba sifatida namoyon bo‘ladi; 
- ikkinchidan, jinoyat huquqi o‘zining tartibga solish predmetiga ega 
bo‘lib, ushbu huquq sohasining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy 
munosabatlar jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi; 
- uchinchidan, jinoyat huquqi maxsus tartibga solish uslubiga ega 
bo‘lib, bunday uslublar va ularning harakatiga ta’sir etuvchi yuridik faktlar 
boshqa huquq sohalari uchun xos emas.
 
2. Jinoyat huquqi predmeti 
Har bir huquq sohasining predmeti va metodlari uning boshqa huquq 
sohalaridan farqlarini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. 
 
NOTA BENE!  
1
Г.М. Миньковский, А.А. Магомедов, В.П. Ревин "Уголовное право России". (Учебник. Под. ред. 
док. юрид. наук. проф. В.П.Ревина) // М:."Брандес", 1998, С.-5,6 



Jinoyat huquqi predmeti jinoyat huquqi normalari bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. 
Jinoyat huquqining predmeti deganda shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlariga xavf soluvchi jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga 
keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. 
Jinoyat huquqi predmetini aniqlash bu jinoyat huquqi normalari 
bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilash 
demakdir. 
Keng ma’noda jinoyat huquqining predmeti deganda, shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda jinoyat huquqi 
normalarining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish tartibi tushuniladi
1

Ijtimoiy munosabatlarni yuridik tartibga solishning normativ asosini 
jinoyat huquqi normalari tashkil etadi. O‘zining ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishdagi ahamiyatiga ko‘ra jinoyat huquqi normalari: 
a) tartibga solish (regulyativ;) 
b) muhofaza qilish; 
v) ogohlantirish; 
g) tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. 
Jinoyat huquqining predmeti bo‘lib ijtimoiy salbiy (zarar 
keltiruvchi), ya’ni jinoiy tajovuz vaqtida vujudga keladigan jamiyat 
manfaatlariga zarar keltiruvchi munosabatlar hisoblanadi. 
Bunday ijtimoiy munosabatlar jinoyat sodir etish fakti (yuridik fakt) 
bilan yuzaga kelib, jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinganidan 
keyin jinoyat huquqiy munosabatlar shaklini oladi. Demak, jinoyatning 
sodir etilishi jinoyat huquqiy munosabatlarning vujudga kelishiga sabab 
bo‘luvchi yuridik faktdir.
O‘z navbatida jinoyat huquqiy munosabatlarning:
• ikki tomonlamalik 
• tegishlilik (taalluqlilik) 
• absolut 
• imperativlik kabi xususiyatlarga egaligi uning boshqa huquq 
sohalarining predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabarlardan farqlovchi 
asosiy belgisi hisoblanadi. 
Jinoyat huquqiy munosabatlarning ikki tomonlamalik xususiyati 
shuni anglatadiki, bunday ijtimoiy munosabatlarda bir tomondan - davlat 
o‘zining huquqni muhofaza qiluvchi organlari orqali ishtirok etsa, boshqa 
(ikkinchi) tomondan esa - jinoyat sodir etgan shaxs qatnashadi. 
1
«Уголовное право. Общая часть». (Учебник. Под. ред. Н.И. Ветрова, Ю.И. Ляпунова» «Новый 
юрист», М:.1997, С.-14. 



Jinoyat huquqiy munosabatlarning imperativligi (qat’iligi) uning 
qonun bilan qat’i o‘rnatilganligi va davlat tomonidan belgilangan 
normalarning bajarilishi qat’iligini bildiradi. 
Jinoyat huquqi predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarning 
taalluqliligi 
- umummajburiy munosabatlardan aynan qaysi 
munosabatlarning jinoyat huquqi normalari tomonidan tartibga solinishini 
bildiradi. 
Jinoyat huquqiy munosabatlarning yana bir o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri uning absolutligi bo‘lib, bunday ijtimoiy 
munosabatlarda davlat ikkinchi tomonga nisbatan ustunlik mavqeiga ega 
bo‘ladi. 
Bizga ma’lumki, huquq nazariyasida ikki turdagi: 
1) salbiy (retrospektiv), ya’ni sodir etilgan huquqbuzarlikning oqibati 
sifatida vujudga keluvchi;
2) ijobiy (prospektiv), ya’ni ijtimoiy foydali va qonunda ruxsat 
berilgan xatti-harakat (faoliyat) natijasida vujudga keluvchi ijtimoiy 
munosabatlar nazarda tutiladi. 
Bunday turdagi ikkala ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat huquqining 
tartibga solish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Salbiy ijtimoiy munosabatlar 
o‘z-o‘zidan ma’lumki, jinoiy qilmish sodir etilishi bilan yuzaga kelib, 
jinoyatchini jinoiy javobgarlikka tortish va uning qilmishiga yarasha jazo 
tayinlash bilan bog‘liq
1

Ikkinchi guruh, ya’ni ijobiy munosabatlar esa davlat tomonidan 
belgilangan jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi, jamiyat uchun foydali 
xatti-harakatlar natijasida yuzaga kelib, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod 
qilish hamda cheklangan tarzda jazo qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
jinoyat huquqining "qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar", 
"shartli hukm qilish", "jinoiy javobgarlikdan ozod qilish", "jazoni 
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish", "amnistiya akti yoki afv 
etish asosida jazodan ozod qilish" kabi institutlari bilan tartibga solinadi.
2
Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqining predmeti sifatida 
ko‘proq jazolash sanksiyalari bilan bog‘liq salbiy munosabatlarni ko‘rish 
mumkin. 
1
1
"Уголовное право. Общая часть”. ((Учебник для ВУЗов). Под общ. редакцией доктора юр. наук, 
проф., З.А.Незнамова) // “Инфра-Норма”, М:.1999, С.-3,4. 
2
"Уголовное право". Общая часть. Учебник / Под. ред. Н.И. Ветрова, Ю.И. Ляпунова - М.: Новый 
Юрист, КноРус, 1997. - С. 15


10 
B.T.Razgildyayevning fikriga ko‘ra esa, "jinoyat huquqining vazifasi 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish emas, u ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga sola olmaydi, bu huquq sohasi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza 
qiladi, holos"
1
. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki barcha huquq 
sohalari kabi jinoyat huquqi ham o‘zining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Jinoyat huquqi tartibga soluvchi predmet hisoblangan ijtimoiy 
munosabatlarga ta’sir etish bilan birga ularni muhofaza qilish funksiyasini 
ham bajaradi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling