Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
8. 
Jinoyat huquqi tizimi. 
 
NOTA BENE! 
 
Jinoyat huquqi tizimi deganda, ma’lum bir ilmiy izchillik, 
ketma-ketlikda joylashgan jinoyat huquqi institutlari va normalarining 
yig‘indisidan iborat tizim tushuniladi. 
Demak, jinoyat huquqi tizimi ikki elementdan iborat: 
1. Jinoyat huquqi insitutlari; 
2. Jinoyat huquqi normalari. 
Jinoyat huquqi institutlari deganda bir-biriga yakin bo‘lgan ma’lum 
bir doiradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jinoyat huquqi 
normalarining yig‘indisi tushuniladi. 
Jinoyat huquqi tizimi quyidagi institutlardan tashkil topgan: 
• 
jinoyat qonunchiligi 
• 
jinoyat (javobgarlik asoslari) 
• 
jazo va uni tayinlash 
• 
tibbiy yusindagi majburlov choralari 
• 
shaxsga qarshi jinoyatlar 
• 
tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar 
• 
iktisodiyot sohasidagi jinoyatlar 


26 
• 
ekologiya sohasidagi jinoyatlar 
• 
xokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalarining faoliyat 
tartibiga qarshi jinoyatlar 
• 
jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar 
• 
harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. 
Bunday institutlar o‘z navbatida sub’institutlarga bo‘linadi. Masalan, 
"jinoyat"(javobgarlik asoslari) instituti - javobgarlikka tortilishi lozim 
bo‘lgan shaxslar, tamom bo‘lmagan jinoyat, ishtirokchilik, bir kancha 
jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar kabi 
sub’institutlardan iborat. 
Jinoyat huquqi normalari deganda, jinoyat sodir etilganidan keyin 
vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan xulk-atvor 
(yurish-turish) qoidalari tushuniladi. 
Jinoyat huquqi normalari imperativ, tartibga solish va huquqni 
qo‘llash xususiyatlariga ega
1

Jinoyat huquqi normalarining imperativligi bunday normalarning 
kat’iy o‘rnatilganligi hamda ularning bajarilishi majburiyligini bildiradi. 
Jinoyat huquqi normalarining tartibga solish xususiyatdaligi shuni 
bildiradiki, bunday normalar jinoyat sodir etilganidan keyin yuzaga 
keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va bunday ijtimoiy 
munosabatlar vujudga kelishi bilan qo‘llaniladi. 
Jinoyat huquqi normalarining huquqni qo‘llash xususiyati jinoyat 
huquqi normalari orqali Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan barcha umumiy 
qoidalar va sanksiyalarining amalda qo‘llanishini ifodalaydi. 
Jinoyat huquqi normalarini mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘lish mumkin: 
1. 
Norma-prinsiplar - jinoyat huquqining umumiy qoidalari 
hisoblangan jinoyat huquqi vazifalari va prinsiplarini belgilab beruvchi 
normalar. (Jinoyat kodeksi 2-10 moddalari). 
2. 
Definitiv normalar - jinoyat-huquqiy tushunchalarni belgilab 
beruvchi normalar. Masalan, jinoyat va ijtimoiy xavfli qilmish 
tushunchalari (Jinoyat kodeksi 14- moddasi), jinoyat uchun javobgarlik 
tushunchasi (Jinoyat kodeksi 16-moddasi), akli rasolik tushunchasi 
(Jinoyat kodeksi 18-moddasi), ishtirokchilik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 
27-moddasi), jazo tushunchasi (Jinoyat kodeksi 42-moddasi) va xk. 
1
Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo 
1999. -S. 86. 


27 
3. 
Muhofaza qiluvchi normalar - jinoyat qonuni bilan anik bir 
obyektni - ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiluvchi normalar. Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismidagi barcha normalar muhofaza qiluvchi normalar 
hisoblanadi. 
4. 
Taqiqlovchi normalar - Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 
moddalari tarkibida mavjud bo‘lib, ma’lum bir qilmishlar sodir etish yoki 
etmaslikni taqiqlab qo‘yuvchi normalar. Masalan, odam o‘ldirish(97- 
modda), shaxsning sog‘ligiga shikast yetkazish(104-111 moddalar), 
o‘g‘rilik(169- modda) va shu kabi qilmishlarni taqiqlovchi normalar
1

Jinoyat kodeksi jinoyat huquqining yagona manbai bo‘lganligi 
sababli jinoyat qonunchiligi tizimidan kelib chiqib, jinoyat huquqi 
normalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling