Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyat huquqi prinsiplari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyat huquqi prinsiplari 
Qonuniylik 
prinsipi 
(JK 4-moddasi) 
Fuqarolarning 
qonun oldida 
tengligi prinsipi 
(JK 5-moddasi) 
Demokratizm 
prinsipi 
(JK 6-moddasi) 
Insonparvarlik
prinsipi 
(Jk 7-moddasi) 
Odillik prinsipi 
(JK 8-moddasi) 
Ayb uchun 
javobgarlik prinsipi 
(Jk 9-moddasi) 
Javobgarlikning 
muqarrarligi 
prinsipi 
(Jk 10-moddasi) 


31 
normalarida mustahkamlangan boshlang‘ich asos, asosiy g‘oyalar 
tushuniladi. 
Prinsiplar jinoyat qonunida mustahkamlangan demokratik davlatning 
jinoyat-huquqiy siyosati mohiyatini va xozirgi yunalishlarini 
ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, 
chegaralari va shakllari haqida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axlokiy, diniy va 
huquqiytasavvurlarni aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy 
qoidalardir. 
Jinoyat huquqi prinsiplari - jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida 
qonun chiqaruvchi, qonunni amalda qullovchi organlar va barcha fuqarolar 
uchun majburiy bo‘lgan asosiy qoidalardir. 
Jinoyat huquqi prinsiplari quyidagi: 
a) 
halqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi; 
b) jinoyat huquqi prinsiplarining fundamental xususiyatga ega 
ekanligi; 
c) 
jinoyat huquqi prinsiplarining o‘zaro aloqadorligi kabi 
belgilarga ega.
Jinoyat huquqi prinsiplari birinchi navbatda halqaro huquq 
normalariga, ya’ni halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan 
hujjatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek,, jinoyat qonunidagi prinsiplar 
o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi va 
undagi normalardan kelib chiqishi kerak. 
Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat huquqi normalari uchun 
fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jinoyat huquqi normalar 
jinoyat huquqi prinsiplaridan kelib chiqadi va ularga zid bo‘lmasligi kerak. 
Bunday prinsiplar nazariyada prinsip normalar deb ataladi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari bir-biriga bog‘liq tarzda zanjirsimon 
harakatda bo‘lib, ulardan birining buzilishi o‘z navbatida boshqa 
prinsiplarning buzilishiga olib keladi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari obyektiv va subyektiv belgilarga ega. 
Prinsiplarning obyektiv belgisi - jinoyat huquqi prinsiplarining 
jinoyat huquqi normalari bilan mustahkamlanganligi va huquqiy 
faoliyatning asosi bo‘lib xizmat qilishida ifodalanadi. 
Prinsiplarning subyektiv belgisi - jinoyat huquqi prinsiplarining 
alohida subyektlar: qonun chiqaruvchi va huquqni qo‘llovchi organlar, 
shuningdek, fuqarolar tomonidan individual ongli qabul qilib olinishi bilan 
bog‘liqdir. 


32 
Prinsiplarning subyektiv mohiyati ularning umumtartibga soluvchi 
ahamiyatga ega ekanligini bildirib, shaxslarni o‘z qilmish (xatti-
harakat)larini boshqara olishlariga undaydi.
1
Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat qonunchiligini "qo‘llash" borasida 
jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni belgilab beradi. 
Jinoyat huquqi prinsiplarining "harakatlanish mexanizmi" jinoyat 
qonunlarini qo‘llovchi shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, proko‘ror, 
sudya) orqali amalga oshiriladi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari buzilganda bunday buzilishlarni bartaraf 
etish hamda prinsiplarnin buzilishiga olib kelgan g‘ayriqonuniy qaror va 
xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura 
organlari nazorati) harakatga keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan prinsiplar: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling