Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni
2-BOB: JINOYAT QONUNI
1. Jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari. NOTA BENE! O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni davlat xokimiyati oliy organining jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini belgilovchi, alohida turdagi jinoyatlar va ularni sodir qilgan shaxslarga qo‘llaniladigan jazolarni ko‘zda tutuvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan huquqiy aktdir. Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o‘rin egallaydi. U ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki, ularni huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qiladi ham. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni – jinoyat huquqining prinsiplari v umumiy qoidalarini, jinoyat qonun vazifalarini, jinoyat va uning belgilarini, jazoning maqsadi va turlarini jazo tayinlash va jazodan ozod qilish asoslarini belgilaydi. Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biror harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man etadi yoki biror harakat qilishga(masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi Jinoyat qonuni jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli jinoiy qilmishlardan ximoya qiladi Qonunlarga, shu jumladan jinoyat qonuniga amal qilish, ularni og‘ishmay bajarish fuqarolik huquqiy davlatini qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo‘lsada chetlashish qonunchilgimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat va jamiyat manfaatlarini buzilishiga olib keladi. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun xuqiy asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari, umumiy qoidalari va moddalari asosida tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24- moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 53- moddasida esa xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida 48 ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek,, ba’zi og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash nazarda tutilgan yoki jinoyat-huquqiy muhofazaga muhtoj muayyan ijtimoiy munosabatlar jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi takidlangan va muhim shartlarni o‘zida aks ettirgan yana boshqa normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun bevosita huquqiy asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni halqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida halqaro huquqning umum e’tirof etgan priinsiplari davlatning ichki qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan olingan. Halqaro huquqning umum etirof etilgan normalari Jinoyat kodeksining aksariyat bo‘limlari, boblari va muayyan moddalarda bevosita o‘z ifodasini topgandir. Chunonchi, kodeks Maxsus qismi ham butun dunyoda etirof etilgan qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. Masalan, “Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan VIII bobda urushni targ‘ib qilish (150 -modda), agressiya (151- modda), genotsid (153-modda), yollanish (154-modda) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu esa Jinoyat kodeksimizga hozirgi zamon halqaro huquqining asosiy prinsiplari kiritilganligidan dalolat beradi. Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik prinsipidan kelib chiqqan holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratish imkonini beradi. Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbai hisoblanadi. Boshqa hech bir me’yoriy hujjat, sud pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar uning manbai bo‘la olmaydi. Jinoyat qonuni tarixan o‘zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanib, o‘zgarib borishi jarayonida jinoyat qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida bu hujjatning tarixan o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling