Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE! Ayb
6. Ayb uchun javobgarlik prinsipi. 1 "Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 1999. – S. 76, 77. 41 Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 9- moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: “Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.” Ayb uchun javobgarlik prinsipi: birinchidan, jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxsning shaxsiy (individual) javobgarligini; ikkinchidan, faqat qasd va extiyotsizlik shaklidagi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishini anglatadi. 1 Ya’ni shaxs aybi bo‘lgan jinoyati uchungina javob beradi, aybi bo‘lmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. NOTA BENE! Ayb – bu shaxsning jinoyat qonuni bilan belgilangan o‘zining ijtimoiy xavfli qilmishi va uning okibatiga nisbatan ruhiy va intellektual munosabatining yig‘indisi hisoblanadi, ya’ni ayb deganda shaxsning o‘z qilmishiga nisbatan subyektiv ruhiy munosabati tushuniladi. Ayb qasd (to‘g‘ri qasd, egri qasd) va extiyotsizlik (beparvolik, uz- o‘ziga ishonish) shakllarida bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy xavfli qilmishlar faqat aybli, ya’ni qasddan yoki extiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. Ayb uchun javobgarlik prinsipi – “Ijtimoiy xavfli qilmish va uning okibatiga nisbatan shaxsiy aybi aniklanmagan hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi”,- degan qoidani mustahkamlaydi. Bu qoida kadimgi Rim huquqida ham mavjud bo‘lib, quyidagi formula orqali ifodalanadi: “Nullum crimen, nulla poena sine cupla” – “ Aybsiz jinoyat ham, jazo ham bo‘lmaydi”,- degan ma’noni bildiradi 2 . Ayb uchun javobgarlik prinsipi subyektiv jihatdan shaxsning o‘z ijtimoiy xavfli qilmishi va uning okibatiga nisbatan ruhiy munosabatini anglatsa, obyektiv jihatdan jinoyat qonunida aybi bo‘lmagan shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilmasligi belgilab quyilganligida ifodalanadi. Bundan tashqari, jinoyat qonuni “aybsiz holda zarar yetkazish” uchun javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksining 24-moddasiga ko‘ra, agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning 1 G.М. Мinkovskiy, А.А. Маgomedov, V.P. Revin "Ugolovnoye pravo Rossi". Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. Revina V.P., Uchebnik - М.: Izd. "Brandes ", 1998. – S. 12. 2 "Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 1999 .– S. 74 42 ijtimoiy xavfli okibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning ijtimoiy oqibatiga ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Aybsiz holda zarar yetkazish jinoyat huquqida “kazus” (“cazus”) deb ataladi va jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Bunday kazuslar odatda fors major hollari, yengib bo‘lmas kuchlar natijasida yuzaga keladi. Demak, ayb uchun javobgarlik prinsipi – ijtimoiy xavfli qilmish va uning okibatiga nisbatan aybi isbotlangan shaxsgina jinoiy javobgarlikka tortilishini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yilgi Jinoyat kodeksi ayb uchun javobgarlik prinsipiga amal qilingan holda tuzilgan bo‘lib, unda “Ayb” deb nomlangan maxsus bob ajratilgan va ushbu bob normalari aybning shakllari, murakkab aybli jinoyatlar, aybsiz holda zarar yetkazish kabi jinoyat huquqiy holatlarni belgilab bergan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling