Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. Ushbu normaning asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida belgilangan bo‘lib, unda “O‘zbekiston 1 "Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 1999. - S. 80 36 Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavkeidan kat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.”,- deb ko‘rsatib o‘tilgan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipida: birinchidan, Jinoyat kodeksi 5-moddasida ko‘rsatilgan belgilar va holatlardan kat’iy nazar fuqarolarning tengligi, ularning bir xil huquq va majburiyatlarga ega ekanligini ifodalanadi; ikkinchidan, Jinoyat qonunining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 5-moddasining nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir etgan shaxslarning qonun oldida tengligi haqida gapirilgan. Lekin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jablanuvchi, jinoyat qonunini qo‘llovchi shaxslar ham fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga amal qilishlari shart. Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsipiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy deb topish masalasi borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ximoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsipiga amal qilinishi kerak. Xususan, maxsus subyektlarning qilmishlarini jinoyat deb topishda, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar qilmishlari uchun boshqalar javob bermaydi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining buzilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Jinoyat kodeksi 141-moddasida fuqarolarning teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa adovat kuzgatish maqsadida milliy, irkiy va diniy mansubligiga ko‘ra fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi halqaro-huquqiy va konstitutsiyaviy prinsip bo‘lganligi uchun barcha qonunlarda kat’iy o‘rnatilishi kerak. Amaliyotda bunday prinsip ko‘pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning mulkiy ahvoli va mansab mavkei mezonlariga ko‘ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng javobgarligi, jinoiy javobgarlik 37 asoslarining barcha uchun bir xilda qo‘llanilishi(amal qilishi)ni bildiradi. Bunday prinsipdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplari orqali o‘rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling