Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, jinoyat qonunining asosiy prinsiplariga e’tiborni 
qaratish; 
ikkinchidan, jinoyat huquqi prinsiplarining mohiyati, harakati hamda 
ularning jinoyat huquqi normalari bilan alokasini chuqurroq o‘rganish; 
uchinchidan, u yoki bu prinsiplarning ma’lum bir huquq sohasiga 
taallukliligi borasidagi bahslarning oldindani olish imkonini beradi.
2
Jinoyat huquqi prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida mustahkamlangan, qonunning ustuvorligi, ijtimoiy 
adolat, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning tengligi, umuminsoniy 
kadriyatlar va umume’tirof etilgan halqaro huquq normalarining ustivorligi 
kabi prinsiplarga asoslanadi hamda ulardan kelib chiqadi. Ayni paytda 
jinoyat huquqining har bir prinsipi ushbu huquq sohasining tartibga solish 
uslubi va bajaradigan vazifalari bilan aloqador hamdir.
Qonunda prinsiplarning mustahkamlaganligi ularga 
umummajburiylik xususiyatini beradi, binobarin, prinsiplar kishilar ongiga 
ta’sir ko‘rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo‘llash 
faoliyatini yanada rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. 
Barcha prinsiplarning yig‘indisi demokratik jinoyat huquqining 
chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o‘zaro mufoviqlashtirilgan 
qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi. 
1
" Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy 
yurist, Kno Rus, 1997. - С. 39. 
Kelina S.G., Kudryavsev V.N. «Prinsipi sovetskogo ugolovnogo prava». М.,1988 – S. 7 
2
G.М. Мinkovskiy, А.А. Маgomedov, V.P. Revin "Ugolovnoye pravo Rossi". Pod. red. dok. yurid. nauk. 
prof. Revina V.P., Uchebnik - М.: Izd. "Brandes", 1998. - S. 10 


33 
Jinoyat huquqi prinsiplari tizimi deganda jinoyat qonunchiligidagi 
qoidalarning normativ asosini belgilab beruvchi jinoyat huquqi 
prinsiplarining yig‘indisi tushuniladi.
Prinsiplar tizimi jinoyat huquqining markaziy jinoyat-huquqiy 
masalasi hisoblangan jinoyat va jazo toifalarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Tizimga kiradigan barcha prinsiplarning ahamiyati o‘zaro tengdir. Zero, 
ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat-
huquqiy (jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi) siyosatini amalga 
oshirishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradi. 
Jinoyat huquqi prinsiplarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 3-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, 
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi
demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, 
javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling