Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
1. Umumiy normalar (umumiy qism normalari)
2. Maxsus normalar (maxsus qism normalari). Umumiy normalar jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini, ya’ni jinoyat huquqi vazifalari va prinsiplari, jinoyat qonunining amal qilish doirasi, jinoyat tushunchasi, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, bir kancha jinoyatlar tushunchasi, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilab beradi. Maxsus qism normalarida esa har bir jinoyat tarkibi uchun jinoiy javobgarlikning xajmi va xususiyatini aniq ko‘rsatiladi. Jinoyat huquqining umumiy va maxsus normalari bir-birga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida umumiy normalar maxsus normalar uchun asos vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham umumiy normalar maxsus normalar uchun universal va majburiy bo‘lib hisoblanadi. Huquqni qo‘llash faoliyatida bu ikki guruh normalari tashkiliy jihatdan bir- birini tuldirib turadi. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra 2 , jinoyat huquqi umumiy qism normalari pozitiv(regulyativ) - tartibga soluvchi xususiyatga ega bo‘lib, bunday normalarning quyidagi turlari mavjud: a) deklarativ normalar, jinoyat huquqi prinsip va vazifalarini belgilab beruvchi normalar.(Jinoyat kodeksi 2-10 modalar); b) umumtartibga soluvchi normalar, jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini belgilab beruvchi normalar: jinoyat 1 " Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy yurist, Kno Rus, 1997. - S. 12 2 "Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 1999. - S. 86,87 28 tushunchasi, ishtirokchilik tushunchasi, jazo tushunchasi va xk. Bunday normalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi umumiy qismi asosini tashkil etadi; c) jazoni yengillashtiruvchi (imtiyoz beruvchi) normalar, masalan, shartli hukm qilish (Jinoyat kodeksi 72-moddasi), jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish (Jinoyat kodeksi 73- moddasi), jazoni yengilrogi bilan almashtirish (Jinoyat kodeksi 74- moddasi); d) ruxsat beruvchi normalar, masalan, shaxsga - zaruriy mudofaa (Jinoyat kodeksi 37-moddasi), ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaktida zarar yetkazish (Jinoyat kodeksi 39- moddasi) kabi huquqlarni beruvchi normalar; e) jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi normalar, masalan, javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 64- moddasi), kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 67- moddasi) va shu kabi jazoni yengillashtiruvchi normalar guruhiga kirmaydigan normalar. Yuqoridagi normalarni bunday guruhlarga bo‘lish shartli hisoblanadi. Jinoyat huquqiy tizim obyektiv va subyektiv omillardan iborat mexanizm yordamida shakllanadi. Obyektiv omillar - bu avvalambor, real ijtimoiy-huquqiy holatlarning o‘zgarishidir. Ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning mavjud emasligi yoki ma’lum bir sohadagi jinoyatlarning usib borishi boshqa huquq sohalari bilan birga jinoyat huquqi tizimiga ham obyektiv ta’sir qiladi. Bunday holat esa o‘z navbatida jinoyat qonunchiligi tarkibining yangilanishiga va jinoyat huquqi tizimining o‘zgarishiga (kengayishiga) olib kelishi mumkin. Subyektiv omillar - qonun chiqaruvchi, huquqni qo‘llovchi va fuqarolar tomonidan u yoki bu jinoyat-huquqiy ta’sir choralarning qabul qilinishi, ya’ni ularning bunday ta’sirlarga nisbatan munosabati bilan bog‘liqdir. Masalan, qonun chiqaruvchi tomonidan ma’lum bir jinoyatlar va ularning ko‘payishi aniqlanib olinishi, bu borada jinoyat-huquqiy nazorat sifatida ushbu jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu esa jinoyat huquqi tizimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aytib o‘tish kerakki, jinoyat qonunchiligining amal qilishini ifodalovchi jinoyat huquqi tizimining rivojlanishi nafaqat jinoyat-huquqiy normalar, obyektiv va subyektiv omillarga, balki tarixiy omillarga ham bog‘liqdir. 29 Shuningdek,, jinoyat huquqi tizimi rivojlanishining tarixini o‘rganish uning rivojlanishining quyidagi asosiy yunalishlarini belgilash imkonini berdi: birinchidan, ijtimoiy holatlar tizimining doimiy o‘zgarishi munosabati bilan jinoyat huquqi normalarini ushbu o‘zgarishlarga mo‘tanosib ravishda belgilash va qo‘llay olish; ikkinchidan, sodir etilgan jinoyatlar toifasi va jinoyatchilarning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib, jinoyat-huquqiy ishontirish va majburlov usullari hamda ularning prioriteti, ya’ni qo‘llanishi muhimligi jihatdan ketma-ketligini o‘zgartirish. 1 Jinoyat huquqi tizimi jinoyat qonunchiligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling