Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


NOTA BENE!  49  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining vazifalari – birinchidan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 


49 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining vazifalari – birinchidan, 
shaxsni uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, 
insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza etishdan; 
ikkinchidan, jinoyatlarning oldindani olishdan; uchinchidan, 
fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruxida 
tarbiyalashdan iborat. 
Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va 
erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni
tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdir. 
Zero, ushbu qonun bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har 
qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur vazifa, ya’ni 
maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofaza 
munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday munosabatlar 
taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtdanoq paydo bo‘ladi. 
Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda 
javobgarlik asoslari va prinsiplari mustahkamlangan va qaysi ijtimoiy 
xavfli qilmish jinoyat ekanligi belgilangan. 
NOTA BENE!  
Jinoyat qonuni jazolash tahdidi asosida jinoyat hisoblanuvchi ijtimoiy 
xavfli qilmishni sodir etilishini taqiqlaydi. Shu bilan bir qatorda, jinoyat 
qonuni ham taqiqlovchi, ham majburiy hisoblanadi.
Jinoyat huquqi normalari ikkita: 
1) ogohlantirish funksiyasi; 
2) tarbiyalash funksiyasini bajaradi. 
Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab 
qo‘yilgan sanksiya orqali sodir etilgan qilmish uchun jazo qo‘llash orqali 
jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ogohlantiradi. 
Jinoyat qonunining funksiyalari: 
1) regulyativ (jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi); 
2) negativ (jinoyat qonuni bilan tartibga solinadigan manfaatlarni 
muhofaza etadi); 
3) aksiologik (jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan 
obyektlarni qadriyat sifatida jinoiy tajovuzlardan muhofaza etadi); 
4) preventiv (jinoiy taqiqlarni va ularni buzganlik uchun 
sanksiyalar belgilaydi).
Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so‘zsiz ravishda bajarish 
ruxida tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan murosasiz 
munosabatda bo‘lishga yo‘naltirilgandir. 


50 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling