Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yettinchi bo‘lim
Oltinchi bo‘lim – “Voyaga yetmaganlar javobgarligining
xususiyatlari” jazo tizimi, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish, jazo tayinlash, majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish, majburlov choralari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishdan iborat. Yettinchi bo‘lim – “Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari” majburlov choralarining maqsadalri, ularni qo‘llashning umumiy asoslari, turlari, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlash, muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va bekor qilish , alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi choralarni qo‘llash tartiblarini belgilovchi normalardan iborat. Sobiq Ittifoq davrida jinoyat qonuni Umumiy qismi kabi Maxsus qismining ham tizimining tugallangan ko‘rinishdagi nazariy kansepsiyasi ishlab chiqilmagan bo‘lib, uning asosiy sabablaridan biri jinoyat qonunlarining ilmiy asoslangan tuzilishiga yetarli e’tibor qaratilmaganligi edi. 1 Normativ materiallarni tizimlashtirish muammosi uslubiy jihatdan shuning uchun ham mukammal bo‘lishi kerakki, u har qanday davlatning huquq sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mazmunning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishda asosiy rol o‘ynaydi. Chunki huquqning bu sohasi jamiyatning iqtisodiy ba’zisini o‘zida aks ettirmasada, ularning obyektiv aloqalari, ijtimoiy ahamiyatini o‘zida ifodalashi zarur va bu narsa huquqning o‘ziga xos xususiyatidir. Jinoyat huquqi, jumladan, Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismlarining ichki uyg‘unligini to‘la taminlashga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Jinoyat kodeksning Maxsus qismida jinoyat deb hisoblanuvchi muayyan ijtimoiy xavfli qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari ko‘rsatilgan. Jinoyat kodeksining Maxsus qismi ham muayyan bo‘lim va boblardan iborat. Mazkur bo‘linishlarning asosiy belgisi – ularning muayyan turga oid belgilariga taalluqliligidir. Har bir bobda bir-biriga turdosh munosabatlar guruhining tarkibiy qismi bo‘lgan muayyan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadigan barcha jinoyatlarning to‘la ro‘yxatini berish ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda A.S 1 Ляпунов Ю. И., Мшвениерадзе П.Я Основы систематизации норм Особенной части уголовного права. Правоведение, 1985, №3, 25-бет 53 Yakubovning «Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tizimini tuzish uchun maxsus obyekt asos bo‘lishi kerak» 1 , degan fikri katta ahamiyatga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Maxsus qismni quyidagi qismlarga bo‘lamiz. Jumladan: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling