Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Birinchi bo‘lim – “Shaxsga qarshi jinoyatlar”. Bu avvalgi
kodekslardan farqli ravishda jamiyatimizda huquqiy, demokratik tamoyillarini amalga oshirish yo‘lida jamiyat va davlatning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy xayotida insonning mavqei yuqori darajaga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Jinoyat kodeksi Maxsus qismida shaxs xayoti, sog‘ligi ozodligi, shani va qadr qimmatiga qarshi jinoyatlarning birinchi o‘ringa qo‘yilganligi va ular uchun ancha og‘ir jazolar belgilanganligi O‘zbekiston respublikasining BMT azosi sifatida 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”da ko‘rsatilib o‘tilganidek, inson haq-huquqlarini himoya qilish majburiyatiga amal qilayotganligi, shu bilan birga, Konstitutsiyamizning 2-, 13-, 18-moddalarida ko‘rsatilgan normalarga izchil rioya qilinayotganligining yaqqol namunasidir. Bu bo‘lim quyidagi: hayotga qarshi jinoyatlar (1 bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar(2 bob), xayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar (3 bob), jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar (4 bob), oilaga, yoshlarga, va axloqqa qarshi jinoyatlar (5 bob), shaxsning ozodligi, shani va qadr qimmatiga qarshi jinoyatlar (6 bob), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar(7 bob); ikkinchi bo‘lim – “Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar” tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (8 bob), O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar (9 bob); Uchinchi bo‘lim – “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” bo‘limida avvalgi Jinoyat kodekslaridan farqli o‘laroq, mulkning hamma turlariga nisbatan sodir qilingan jinoyatlar uchun bir xilda jazo belglanadigan bo‘ldi Bu bo‘lim quyidagi tartibda tashkil topgan: o‘zgalar mol-mulkini talon- taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar (10 bob), o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar (11-bob), iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (12 bob), xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (13 bob); Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling